reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
faol muloqot – kompyuter talabaga yoʻl-yoʻriq berish va imtihon olishda;
interfaol muloqot – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi:
– fan sohalarini axborotlashtirishga;
– oʻquv faoliyatni intellektuallashtirishga;
– integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga;
– ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
– masofaviy oʻquv kurslari va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
– pedagoglar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini;
– ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonga joriy etilishi: – talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
– oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasining chuqur oʻzlashtirilishiga;
– oʻquv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
– interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida oʻqitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
– sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning oʻquv materiallarini oʻzlashtirish strategiyasini egallashiga;
– axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
– oʻrganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqish va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng koʻlamli qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi telekommunikatsiya tarmog‘i tuguni. U quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi:
– koʻp sonli foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishi;
– axborotlar koʻlamining kengligi;
– asosiy tarmoq formatlarini qoʻllash;
– oson va samarali qidirish tizimini joriy etilish;
– axborot resurslari integratsiyasi;
– axborot xavfsizligini ta'minlash;
– axborotlarni tabaqalashtirish;
– bilimlarni boshqarish – tahlil etishi va hokazo.