Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə138/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Virtual borliq tizimini biz imitatsion dasturiy va texnik vositalar deb qabul qilamiz. Interfaollikni ta'minlash uchun virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar koʻpmodallikka, ya’ni koʻz bilan koʻradigan, tovush orqali qabul qiladigan boʻlishi zarur. Bu amallarni bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlar, shuningdek, odamning bosh qismiga oʻrnatiladigan shlem va koʻzoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qoʻlqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.
Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an'anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat'iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta'minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, koʻrgazmalilik, faollashtirish (oʻqitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, oʻqitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, ma'lum bir faning oʻziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari oʻzaro bog‘liqliligi, oʻzaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishga moʻljallangan oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni koʻzda tutadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin