Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə157/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Novatsiya (yangilanish). Novatsiya va innovatsiyaning farqli jihatlari

Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat

Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.


“Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi”da koʻrsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanishi”63.
A.I.Prigojinning fikriga koʻra, innovatsiya deganda maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu oʻrinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir Shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida oʻziga xos innovatsion faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers oʻz tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi Shaxslarning toifalari, ularning yangilikka boʻlgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga boʻlgan tayyorlik darajasi hamda muayyan Shaxslar toifalari oʻrtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini oʻrgangan.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin