Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish Tabaqalashtirilgan oʻqitish - oʻquv jarayonining tashkil etishni bu shakli umumiy didaktika tizimiga asoslangan boʻlib, maxsus tashkil ettirilgan talabalarning gomogen guruhlarida, oʻquv jarayonini maxsuslashtirishni ta’minlaydi.
Oʻqitishni tabaqalash (bu tushuncha oʻqitish jarayonining oʻzi bilan bog‘liq) – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda oʻqitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Oʻqitishning eng yuqori oliy pog‘onasi individual oʻqitish hisoblanadi.
Individual oʻqitish – bu oʻquv jarayonining tashkil etishning shakli boʻlib, bunda pedagog talabalar bilan yakkama-yakka shug‘ullanadi, talaba oʻquv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual oʻqitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning talaba qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda talabaning bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida optimal pedagogik jarayon tashkil etiladi.
Individual yondashish – bu tamoyilga koʻra, jarayon pedagogning talabalar bilan oʻzaro munosabati, ularning Shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan oʻqitish - bunday oʻquv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida oʻqitish yoʻllari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli oʻquv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Individuallashtirilgan oʻqitish texnologiyasi– bunda oʻquv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va oʻqitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. Oʻqitishning barcha Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qoʻllaniladi, ammo individuallashtirilgan oʻqitishda, individuallashtirish, oʻquv maqsadlariga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi. Individuallashtirilgan oʻqitishning asosi talabaning individual-pedagogik xususiyatlarini oʻrnatish hisoblanadi. Olingan natijalar asosida oʻqitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va tamoyillarga koʻra oʻqitish jarayoni amalga oshiriladi.