Umumiy pedagogika


Kompyuterlashtirilgan oʻqitish texnologiyasi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə166/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Kompyuterlashtirilgan oʻqitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan oʻqitishdir. Oʻqitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarining bir turidir. Axborot texnologiyalarida bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televideniya, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan oʻqitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning ulkan imkoniyatlari bilan bog‘liq boʻlgan mutlaqo yangi. hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan. kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot axborotning koʻchkisimon oʻsishi bilan belgilanadi. Talabalarning maksimal darajadagi axborotni oʻzlashtirishi faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. ya’ni oʻqitishning kompyuter texnologiyasi asosida oʻquv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
Kompyuterli oʻqitish texnologiyasi mazmun jihatidan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, boʻlim yoki butun oʻquv fani boʻyicha tuzilishi mumkin va oʻquv materiali oʻzlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham oʻz ichiga oladi. Kompyuterli oʻqitish texnologiyasi­ning samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda oʻquv jarayonini va ishchi oʻrinlarining toʻg‘ri tashkil etilganiga bog‘liq boʻladi.
Kompyuterli oʻqitish texnologiyasida individual oʻqitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar oʻtkazish; oʻquv maqsadlariga erishilganlikni baholash zarur hisoblanadi.
Bu oʻqitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat boʻladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; oʻquv jarayonining (oʻquv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat) guruh, fan miqyosida tashkil etish; ishchi oʻrinlarini tashkil etish, yoʻl-yoʻriqlar berish, tarmoqni boshqarish; talabalar bilan muloqotda boʻlish, individual oʻqitishni ta’minlash.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin