Umumiy pedagogika


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi aqliy faoliyat koʻnikmalari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə168/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi aqliy faoliyat koʻnikmalari:
Esda saqlash – eng muhim fikrlash jarayoni boʻlib, busiz oʻquv jarayonini amalga oshirib boʻlmaydi, lekin u tanqidiy fikrlashdan tubdan farq qiladi. Kompyuterning xotirasi har birimiznikidan anchagina yaxshiroq, lekin esda saqlash tanqidiy fikrlashni bildirmaydi.
Oʻquv jarayonini amalga oshirib boʻlmaydigan «notanqidiy fikrlash» murakkab g‘oyalarni tushunish bilan bog‘liq.
«Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu – ijodiy yoki ichki his bilan (intuitiv) sezib fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir boʻladi, lekin ular buni hatto sezmaydilar ham.
Tanqidiy fikrlashning elementlari:
tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;
axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;
tanqidiy fikrlash savolning qoʻyilishi va hal qilinishi zarur boʻlgan muammoni aniqlashdan boshlanadi;
tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi;
tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari

Chaqiriq (Da’vat)

Anglash

Fikrlash

1. Yangi ma’lumot larni ma’lum boʻlganlari bilan bog‘lash.
2. Talabalarni fa-ollashtirish.
3. Taklif etilgan mavzuni koʻrib chiqishga qiziqish tug‘diriladi va maqsad aniqlanadi

1. Chaqiriq bosqichida yaratilgan qiziqish va harakatlanish inersiyasini, faollikni qoʻllab-qoʻvvatlash.
2. Talabalarda oʻz tushunishini kuza tishga doir intilish larini qoʻllash.
3. Yangi oʻquv material lining tushunilishiga erishish

1. Talabalar yangi fikr va axborotlarni oʻz soʻzlari bilan ifodalashga harakat qilib koʻrishlari kerak.
2. Tushunganlarini oʻz soʻzlari bilan ifodalab, qayta tuzganda Shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
3. Jonli fikrlar almashinuviga erishiladi.



Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin