Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Turli metodlarning oʻzaro qoʻshib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlar hamda hisoblash yechish qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur oʻrganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilish oʻquvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini koʻrsatgan taqdirdagina toʻliq qiymatga ega boʻladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi Maktab oʻquvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini oʻrganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli oʻquvchilar aqliy qobiliyatlari, oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning toʻg‘ri yoʻllarini koʻrsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi Pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan sistemali oʻrganish mustaqil Oʻzbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qoʻshadi.
Anketa metodi Oʻquvchilardan soʻrash usuli boʻlib, u oʻquvchilar jamoasining ma'lumotlari toʻg‘risidagi kerakli ma'lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yoʻllashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan boʻlmog‘i lozim. Anketada koʻzlangan maqsadga muvofiq savollar boʻlib, javoblardan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i muhim sanaladi.