О‘quvchilarning muayyan darajada hayotiy tajribalarga egaliklari
Talaba va talabalar guruhi о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi О‘quvchilarning о‘qituvchi tomonidan qо‘yiladigan talablarga bо‘ysunish xohishiga egaliklari
4-rasm. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ikkilamchi omillar.
Odatda interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: - individual;
- juftlik;
- guruh;
- jamoa bilan ishlash
Interfaol ta’limni qoʻllash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi: - guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida oʻz g‘oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy toʻsiqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- oʻz ichki imkoniyat va qobiliyatlarini toʻliq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
- oʻz faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- oʻz imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish koʻnikmalarini oʻzlashtirish
Interfaol ta’lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol ta’limga xos asosiy belgilar sanaladi (5-rasm):