Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə192/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

FSMU strategiyasi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar oʻtkazishda yoki oʻqv-seminari yakunida (talaba, oʻquvchi)larning oʻquv mashg‘ulotlari hamda oʻtilgan mavzu va boʻlimlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida yoki oʻquv rejasi asosida biror-bir boʻlim oʻrganilgach qoʻllanilishi mumkin [8. – B. 43].
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar oʻtkazishda yoki oʻquv-seminari yakunida (talabalarning oʻquv mashg‘ulotlari hamda oʻtilgan mavzu va boʻlimlardagi ba’zi mavzular muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki oʻquv rejasi asosida biror-bir boʻlim oʻrganilgach qoʻllanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya talabalarni oʻz fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va oʻz fikrini boshqalarga oʻtkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda oʻquvchi-talabalar tomonidan oʻquv jaryonida egallangan bilimlarini tahlil etishga va egallanganlik darajasini aniqlashga, baholashga hamda talabalarni bahslashish madaniyatiga oʻrgatadi.
Texnologiyaning maqsadi: Ushbu texnologiya talabalarni tarqatilgan oddiiy qog‘ozga oʻz fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi:

  • oʻqituvchi har bir talabaga FSMU texnologiyasining toʻrt bosqichi yozilgan qog‘oz varaqalarini tarqatadi va yakka taribda ularni toʻldirishni iltimos qiladi. Bu yerda:

F-fikringizni bayon eting;
S-fikringiz bayoniga sabab koʻrsating;
M- koʻrsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U-fikringizni umumlashtiring.

  • oʻqituvchi talabalar bilan bahs mavzusini belgilab oladi;

  • yakka tartibdagi ish tugagach, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va oʻqituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining toʻrt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;

  • kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalilllarni katta formatda umumlashtirgan holda toʻrt bosqich boʻyicha yozishlarini taklif etiladi;

  • oʻqituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa oʻrtasida himoya qilishlarini soʻraydi;

  • mashg‘ulot oʻqituvchi tomonidan muammo boʻyicha bildirilgan fikrlarni ummlashtirish bilan yakunlanadi75.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin