Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə20/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

2- мавзу: O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uning boshqaruvi. Ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari va uning huquqiy-meʻyoriy asoslari



Reja:
1.Boshqaruv “Menejment” tushunchasining mohiyati
2.Ta’lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari va boshqaruv organlari vakolatlari.
3.Mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi oʻrni va roli.
4.Ta’lim muassasasini boshqarish.

Tayanch soʻzlar:boshqaruv, menejment, rahbar, avtoritar, liberal, demokratik, rahbar kompetensiyasi
Mavzuning qisqacha mazmuni: mavzuda ta’lim menejmenti, boshqaruvga fan sifatidagi yondashuvlar, boshqaruvchi shaxs – rahbar kompetentligi va uning komponentlari kabi “boshqaruv” faniga nazariy yondashishlar haqida ilmiy ma’lumotlar kiritilgan.
Bundan tashqari boshqaruvning ta’lim tizimidagi oʻrni, ta’lim tizimini boshqarishning huquqiy va ma’naviy asoslari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning ta’lim tizimini boshqarishdagi oʻrni kabi savollariga javob berishga harakat qilingan.
Boshqaruv –“menejment” tushunchasining mohiyati
Boshqaruv – bu qadimgi san’at va eng yangi fandir. Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar fikricha, boshqaruv siyosiy, iqtisodiy texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning tarkibiy qismi boʻlib, oʻzining yoʻnalishi, tamoyillari, uslublariga ega. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv jiddiy ilmiy – uslubiy asosga tayanadi. Har bir fan bilimlar majmui boʻlib, jamiyat va tabiatdagi hodisa va qonunlarni anglab tushuntirishga harakat qiladi. Fan sifatida boshqaruv yangi murakab hodisalarni aniqlashga, tabiatdagi tartib, qonunlarni ochishga harakat qiladi.

Boshqaruv nazariyasi o‘zining tadqiqot obyektiga ega bo‘lib, u boshqaruv jarayonining tashkil etilishi vabu jarayondagi odamlar munosabatlarining qonuniyatlarini o’rganadi.


Boshqaruv nazariyasi tadqiqot obyektiga mos boʻlgan uslublarni aniqlaydi, boshqaruv obyektiga faol ta’sir koʻrsatish uslublarni ishlab chiqadi, jarayonlarni istiqbollashtiradi. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi, uning yutuq va mag‘lubiyatlari, oʻziga xos farazlar yaratilishi va inkor etilishi ushbu fikrni tasdiqlaydi. Fan dunyoni anglash uchun kuchlivosita–tahlil uslubiga ega, ya’ni voqelikni qism, xususiyat, rivojlanish bosqichlariga boʻladi va umumlashtiradi.
Boshqaruv nazariyasi yoki ma’muriy boshqaruv hamisha ham deduktiv va eksperimental uslublarga tayanmaydi, chunki oʻrganilayotgan voqelikni tashqi muhit ta’siri omillaridan mutloq chegaralab saqlashning iloji boʻlmaydi. Tahlil va sintezdan tashqari fan (shu jumladan san’at ham) yana bir ajoyib bilim quroli – intuitsiya (sezgi) bilan ish tutadi. Albatta, intuitsiya empirik va nazariy bilimlarga asoslanadi.
Mamlakat siyosiy va iqtisodiy muammo yechimlarini hal qilish bosqichida harakat qilayotganda, har bir rahbar firma, korxona qolaversa davlatni muvaffaqiyatli boshqarish uchun boshqaruvning ilmiy asoslarini bilishi, bu bilimlarni ijodiy qoʻllashi zarur ekanligini anglashi kerak. Amaliy faoliyatda boshqaruvchilar doimo oʻzgaruvchan sharoitda ishlaydi. Unda sodir boʻlgan tasodifiy hodisalar hisobga olinadi, tajriba va intuitsiyaga asoslanib qaror qabul qilinadi. Qator olim va amaliyotchilar boshqaruvni eng avvalo san’at deb ta’kidlaydi.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri ilmiylik xususiyatidir. Faqat ilmiy nazar bilan qarashgina boshqaruvchi shaxsga – rahbarga oʻzining rahbarlik faoliyatida koʻp qirrali va mazmunli ish uslubini koʻrsata olish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib boshqaruv jarayoniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Boshqaruv funksiyasi rejalashtirish (istiqbolni belgilash, modellashtirish, dasturlash), tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya, qoʻyilgan masalalar bajarilishini nazorat va hisob qilish hamda uning mustaqil funksiyasi sifatida ajratilgan marketingdan iborat boʻlib, boshqaruvning mohiyatiga turli tasniflarda turlicha yondashiladi. Jumladan, I.P.Pavlov, D.B.Uotson, B.F.Skinner asarlarida boshqaruv san’ati, kishilar muloqotining butun boshli tajribasi vaziyat oʻzgarganda stereotiplardan, bir xillilikdan voz kechishni maslahat beradi. Boshqaruvda rag‘bat va jazo tizimi chuqur ilmiy asoslab beriladi, ijrochi faoliyatining mantiqiy doirasi uning qobiliyatiga qarab dalillar bilan aniqlab beriladi, rahbar va uning qoʻl ostida ishlovchilar oʻrtasida qarama-qarshi aloqa boʻlishi zarurligi asoslanadi.

Boshqaruvning uslublari ham rahbar qobiliyatlari bilan bog‘liq boʻlib, ularning avtoritar, demokratik, liberal kabi turlari ma’lum.
Avtoritar rahbar barcha koʻrsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin ohangda xodimlariga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga doʻq-poʻpisa, keskin taqiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadi oʻz hukmini oʻtkazish boʻlib nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda boʻladi. Biror ish yuzasidan xodimlarini maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilishi sof subyektiv boʻlib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va oʻsha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, fikrlari, maslahatlari juda kam holatlardagina inobatga olinadi.
Demokratik rahbar, aksincha, oʻz qoʻl ostidagilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Topshiriqlar berganda ishchilarning qobiliyatini, shaxsiy moyilliklarni hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlarni taklif ma’nosida beradi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, undan doʻstona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, lavozimini oshirish, kamchiligiga baho berish (ishdagi) doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Tanqid koʻpincha, taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish shaklida «aybdor»ga yetkaziladi. Hech bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Bunday boshliqning fazoviy ijtimoiy holati «jamoa ichida». Jamoada tanqid, Oʻz–oʻzini tanqid shunday yoʻlga qoʻyilganki, uning oqibatida hech kim aziyat chekmaydi. Chunki koʻproq boshliq emas, jamoaning boshqa faollari–norasmiy liderlar tanqid qiladilar.
Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, poʻpisa boʻlmaydi, uning oʻrniga, koʻpincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yoʻq, boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, goʻyoki boshqa «koinot»da yurganga oʻxshaydi. Aniq koʻrsatmalar bermaydi, uning oʻrniga norasmiy liderlar yoki oʻziga yaqin kishilar orqali lozim boʻlgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Oʻzining nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda boʻlishga toʻg‘ri kelganda, u doimo xushmuomala boʻlib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi soʻzni oʻziga qoldiradi. Uning fazoviy psixologik holati «guruh tashqarisida».
Boshqaruvda rahbar muhim vazifalarni bajarish bilan birga olib borilayotgan mehnat jarayonida kompetenlilik xususiyatlarini namoyon etishi zarur. Rahbar chuqur oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim va faoliyat tajribasi doirasi, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniyat asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, boʻsh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishidan iborat. Shu boisdan rahbarning kompetentligi komponentlari ham bir qator sifatlarni oʻz ichiga oladi. Ularni quyidagicha belgilash mumkin:

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin