Umumiy pedagogika


G. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə211/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

G. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi maqsadni koʻzlash bosqichidan keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas jarayondir. Bu bosqichda tarbiyachilar oldida : tarbiyalanuvchilar bilan birga faoliyat yoʻnalishining barcha qismlarini aniqlash, ishtirokchilar orasida majburiyatlarni taqsimlash, ularni qanday qilib bajarish lozimligini koʻrsatish kabi muhim vazifalar ham turadi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar:
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga tayanish, ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini imkon darajasida kengroq qamrash lozim. CHunki, ishning favqulodda murakkabligi tarbiyachi niyatining oʻquvchilar tomonidan anglab etolmasligiga, ishning nega va nima uchun bajarilishi haqidagi noaniq tasavvur esa, tarbiyaviy ishni quruq rasmiyatchilikka aylantiradi. Keyingi ishga qiziqtirish engil kechmaydi.
2. Tarbiyaviy ish - jamoatchilik ishi. Tarbiyalanuvchilarga reja tuzishning nihoyatda mas’uliyatli mashg‘ulot ekanligini, tarbiyalanuvchi ishlayotgan har bir boʻlimning boshqa boʻlimlar bilan albatta bog‘liqligini va bir - birini taqozo etishini his qilishiga imkoniyat bering. Rejalashtirish, albatta, jamoaviy xarakter kasb etishi zarur.
3. Rejalashtirishning tarmoqli uslubiyoti, koʻrgazmali, oson oʻqiladigan va tushunarli chizma rejalar tuzish uslubiyotlari bilan tanishing. Tarbiyalanuvchilar bilan ularni oʻrganing, ularni mehnatning boshqa turlarini rejalashtirishda tarmoqli chizmani qoʻllashga oʻrgating.
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning umumiy nazariyasi texnologiya tayanadigan oltita qoidani taqdim etadi va ular tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan albatta hisobga olinishi zarur.
D. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari:
- bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning maqsadini aniq belgilash, harakatni boshidan oxirigacha yaxlit tasavvur qilish (nimaga erishish kerak?);
- qoʻl ostidagi har bir kishi uchun aniq vazifalarni belgilash (qanday harakatlar vositasida erishish mumkin?);
- kutilayotgan ish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlash (nimalar yordamida erishish mumkin?);
- natijalarni aniqlash uchun muayyan mezonlarni belgilash (erishilgan miqdor qancha?);
- javobgarlik, uning egasi va hisobot vaqtini taqsimlash (maqsadga erishilganlikni nima bilan rag‘batlantirish mumkin?);
- tashkiliy tizimni uyushtirish vositasi sifatida ijrochilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish (qanday qilib erishish mumkin?).
Tarbiyaviy ishlarni uyushtirishda ishtirok etish shaxsning muhim xislatlarini tarbiyalaydi.
Mazkur bosqichdagi tavsiyalar quyidagicha:
-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ishtirok etayotgan har bir kishining huquq va majburiyatlarini aniq belgilab bering. “Hokimlik chizig‘i”ni belgilab olish nihoyatda muhim: har bir ijrochi belgilangan shaxsga oʻz ishlarining nitijasi boʻyicha javob beradi. Hokimlik bir raxbarning qoʻlida jamlangan boʻladi, “Qoʻshhokimiyatchilik”ka yoʻl qoʻyilmaydi;
- har bir ishtirokchiga uning imkoniyatlariga va xohishiga mos keluvchi bitta vazifa ajrating. Topshiriqlarni majburlamang. Tarbiyaviy ishda ishtirok etishning ixtiyoriy ekanligini ta’kidlang;
-tarbiyalanuvchilarning tashkilotchilik qobiliyatiga ega emasligini hisobga oling. Tarbiyachiga tushunarli va engil boʻlgan ish tarbiyalanuvchi uchun ham har doim shunchaki boʻlmasligi mumkin. “Engildan-murakkabga” qoidasiga amal qiling. Tarbiyalanuvchilarni muvaffaqiyat qozonishiga ishonchini qoʻllab-quvvatlang, yaxshi natija bilan tugashiga ishonch uyg‘oting.
Tashkilotchilik tarbiyalanuvchilarning kuchini bir necha bor oshirish imkoniyatiga ega ekanligi haqidagi fikrga oʻrgating. YAkkama-yakka harakatlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan “tashkilotchilik samarasi”ni misollar bilan koʻrsating.
E. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida tarbiyachining mas’uliyati muhimdir. Birinchidan, dasturda koʻzda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida borishiga erishadi, unga tuzatishlar kiritadi, dispetcherlik vazifasini amalga oshiradi va jarayonni kuzatib boradi. Ikkinchidan, tarbiyachi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib borgan holda, ularda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi va tarbiya sohasida qilinadigan ishlarning strategiyasini belgilaydi. Uchinchidan, tarbiyachi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi.
Umuman, tarbiyaning bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati oddiy dars mobaynidagi ayni shunday faoliyatdan murakkabroqligi bilan farq qiladi. Bu murakkablik tarbiyaviy ishni boshqarishda hisobga olish, nazorat qilish va koʻplab omillarga tuzatishlar kiritish lozimligida namoyon boʻladi. Bu borada murabbiyning tarbiyachi va tashkilotchi sifatidagi oʻrni:
- tarbiyalanuvchilarni oʻzini ishtiroki bilan boʻg‘ib qoʻymaslik;
- tarbiyalanuvchilarga oʻz fikrlarini va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik;
- hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nomaqbul yoʻnalish olishi hamda nazoratdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
- nomaqbul harakatlarni oqilona va oʻz vaqtida tuzatish;
- oʻtayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish;
- pedagogik nazokat bilan natijalarni e’lon qilish, jamoaviy muhokama yoki yakkama-yakka pedagogik tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochishlarda belgilanadi.
Tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish mobaynida bir-biri bilan mazmunan bog‘liq boʻlgan qoʻyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1) Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashning va oʻtkazishning barcha holatlari rejada oʻz aksini topganmi?
2) Dastur mazmuni koʻzlangan maqsqdga javob beradimi?
3) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish darajasi koʻzlangan maqsad, vazifa va talablarga javob beradimi?
4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar etarli darajada manbalar bilan mustahkamlanadimi?
5) Tarbiyaviy ishning qaysi qismi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?
6) Tarbiyaviy ish davomiyligi vaqt nuqtai nazaridan oʻzgaradimi?
7) Kim va nima uchun muddat oʻzgardi?
8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etdimi yoki qismlari nomigagina bog‘langan toʻplamdan iborat boʻldimi?
9) YAngilik samarasi sezildimi?
10) Tarbiyaviy ishning his-tuyg‘ulik “boʻyog‘i” uning g‘oyasiga javob beradimi?
11) Ishning sifati, oʻquvchilarning unga munosabati qoniqarlimi, qaysi savollar ularni oʻylashga majbur etdi?
12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga loyiq?
13) Oʻquvchilarning xulqi qanday edi?
14) Nima uchun oʻquvchilarning ayrimlarida u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan qarshilik koʻrsatish alomatlari paydo boʻldi?
15) Nimadan voz kechish kerak?
16) Keyingi tarbiyaviy ishlarga qanday yaangiliklar qoʻshish mumkin?
YUqorodagi fikrlarga tarbiyaviy texnologiya yoʻnalishi sifatida qaraladigan boʻlsa, u quyidagi umumiy belgilarni aniqlab beradi:

  • tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning majmuasi sifatida oʻzida oʻyinlar, tarbiyaviy suhbatlar va yakkama-yakka maslahatlarning unsurlarini qamrab oladi;

  • har bir ish har bir tarbiyalanuvchining ahloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlarining shakllanganlik darajasini komp’yuter orqali tashxis etish bilan boshlanadi;

  • tarbiyaviy ta’sir tashxis etish natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga etganligini anglash bilan yuzaga kelgan “jamoaviy qayg‘urish” samarasi bilan kuchaytiriladi;

  • tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur boʻlgan fazilatlarni oʻzlashtiradalar, oʻzlarini anglashga oʻrganadilar, oʻz-oʻzlarini kamolga etkazish yoʻllarini tasavvur qiladilar;

  • shaxsiy kamolotga etish dasturi (tashxis etish natijalaridan qat’iy nazar) yakkama-yakka maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin