Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish: 1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻg‘riligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar.
Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (talabalar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.
3. Keyslarning sinflari turlari, janrlari va taqdim etish usullari Keyslarni sinflarga ajratish turli usullarda boʻlishi mumkin. Jumladan, keyslar maqsad va oʻqitish jaryonining vazifalari, tuzilishi, ifodalash shakli, oʻlchami, murakkablik darajasi, fanlar, kompaniya turlari, hududlar va boshqa tomonlari boʻyicha sinflarga ajratiladi.
Maqsad va oʻqitish jarayonining vazifalari boʻyicha: namunali va namunali boʻlmagan muammolarni yechishga hamda qaror qabul qilishga oʻrgatish; vaziyat tamoyillari tahlili va baholashga oʻrgatish, aniq uslubiyotni, yondashuvni aniq misolda qoʻllashni, yechimni yoki umuman konsepsiyani namoyish qiladigan turlarga ajratish mumkin.
Keys sinflari shartli ravishda ikki: “dalali” va “oʻrindiqli” tularga ajratiladi. Ularning birinchisi haqiqiy omilli materiallarga asoslagan holda, ikkinchisi esa xayoliy yaratilgan boʻlishi mumkin.
Tuzilishi boʻyicha: tuzilmali keyslar – aniq raqam va ma’lumotli vaziyatni qisqa va aniq bayon qilish. Bunday turdagi keyslarga aniq sondagi aniq javoblar mavjud. Ular aniq bilimlar sohasidagi bitta formula, koʻnikma, uslubni, bilim yoki koʻnikmani baholash uchun foydalanishga moʻljallangan.
Katta tuzilmaga ega boʻlmagan keyslar. Ular katta miqdordagi ma’lumotlaga ega boʻlgan materiallarni ifodalaydila, fikrlash uslubi va tezligi, asosiyni ikkinchi darajalikdn ajratish kshnikmasi va aniq ish sohasidagi malakalarni baholash uchun moʻljallangan. Ular uchun bir necha toʻg‘ri javob variantlari mavjud.