Dastlabki ochilgan keyslar juda qisqa shuningdek, juda uzun ham boʻlishi mumkn. Bunday keyslar oʻquvchi nostandart fikrlashi, ajratilgan vaqtda qancha kreativ g‘oyalar berishi mumkinligini koʻrish imkoniyatini beradi. Agar guruhiy yechim boʻlayotgan boʻlsa, u holda u “begona fikrni ilg‘ay oladimi, uni rivojlantira va amaliyotda foydalana oladimi” degan savolga javob beradi.
Kichik xomaki yozuvlar – asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi, bilimlari tor sohada (oʻrganilayotgan fanng boʻlimid) qoʻllashni talab etadi.
Ifodalash shakli boʻyicha: qog‘oz keyslar, videokeyslar, multimedia keysllar.
Oʻlchami boʻyicha: toʻla keyslar (oʻrtacha 20-25 bet) bir necha kun mobaynida jamoa boʻlib ishlashga moʻljallangan va, odatda, oʻz yechimining taqdimotini jamoaviy ishlab chiqishga qaratadi; qisqa keyslar (3-5 bet) bevosita darsda ishlashga moʻljallangan va umumiy munozara, deb qaraladi. Mini keyslar (1-2 bet) qisqa keyslar kabi auditoriyada muhokama etishga moʻljallangan va qisman darsda beriladigan nazariyaga koʻrgazma sifatida qoʻllaniladi.
Murakkablik darajasi boʻyicha: maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun, boshlang‘ich sinf oʻquvchilari uchun, umumiy oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilari uchun keys, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari uchun keys, bakalavrlar uchun keys, magistrlar uchun keys, MVA dasturi uchun keys, ilmiy tadqiqotchilar uchun keys boʻlishi mumkin.
Fanlar boʻyicha: buxgalteriya hisobi va nazorat; tijorat va davlatlararo munosabatlar; raqobatli strategiyalar; tadbirkorlik; moliya; menejment; boshqaruv; tashkiliy xulq va sardorlik; kichik va oʻrta biznes, xizmatlarni boshqarish; tijorat, pedagogika va boshqalar.
Tarmoq boʻyicha: TNK (transmiliy korxona) keyslari, hududiy katta tijorat haqidagi keyslar; kichik va oʻrta biznes haqidagi keyslar.
Hududlar boʻyicha: Shimoly-Amerika keyslari, Yevropa keyslari, rivojlanayotgan davlatlar haqidagi keyslar va iqtisodiyotni oʻtish davridagi davlatlar haqidagi keyslar. Keyslrni sinflarga ajratishda keng fodalanilayotgan yondashuvlardan biri ularnig murakkabligi boʻyichadir. Ana shudaytomonlari boʻyicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-jadval)