Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə222/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Keys savollari:
1. Ayting-chi, kasb-hunar kollejlarining rahbarlari Sobirni oʻqishga qabul qilmaslikka haqlimilar?
2. Ayni vaziyatda Sobirning qanday huquqlari buzilyapti?
Oʻqituvchining yechimi. Kasb-hunar kolleji rahbarlari ijtimoiy xavf boʻlmagan holda “uch” bahoga oʻqiganligi va xulqida salbiy holatlar koʻzga tashlanishi uchungina Sobirni oʻqitishga qabul qilmaslikka haqli emaslar. Ular shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqini poymol yetishgan. Qolaversa, kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish majburiy-ixtiyoriy xarakterga ega. Shu sababli Sobir va uning ota-onasi kasb-hunar kollejini oʻzlari tanlay oladi. Bordi-yu, kollejga qabul qilish sinov, imtihonlar asosida olib borilsa va Sobirning oʻzi ularga puxta tayyorlanmaganligi sababli sinovdan oʻta olmasa, u holda ana shu kasb-hunar kollejiga qabul qilinmaydi. Bu vaziyatda Sobirning bilim olish huquqi (Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonunining 4-moddasi) poymol etganliklari sababli kasb-hunar kollejlarining rahbarlari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
2. Pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keys.
Keys bayoni. Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar oʻrtasida alohida hurmatga ega tarix fani oʻqituvchi auditoriyaga kirib, doskada oʻzining karikatura janrida ishlangan rasmini koʻradi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh oʻqituvchining karikaturagaya, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, oʻqituvchi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto oʻchirgim kelmayapti. Rasm ijodkori – yosh rassom uni qog‘ozga koʻchirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”.
Keys savollari:
1. Oʻqituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz?
2. Bu vaziyatda oʻqituvchi qanday tarbiya metodini qoʻlladi?

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin