Umumiy pedagogika


Mavzuning qisqacha mazmuni



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə229/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Mavzuning qisqacha mazmuni
Ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish va mustaqil ta’limini tashkil etish asosidagi innovatsion ta’lim shaklaridan modulli-kredit tizimi, masofaviy ta’lim, blended learning, mahorat darslari, assesment texnologiyasi va vebinar texnologiyalar tashkil etadi
Asosiy tushunchalar:
Modul, modul texnologiyalari, modulli-kredit tizimi, masofaviy ta’lim, blended learning, mahorat darslari, assesment texnologiyasi, vebinar texnologiyalari

  1. Modulli-kredit tizimi

Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar oʻrtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda oʻzaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning yangidan yangi yoʻllarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib oʻtilganidek, insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va oʻzaro birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda boʻlgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yoʻlida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Yevropa kengashining Yevropa madaniyati konvensiyasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa u jahonning koʻplab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari faoliyatining oʻqitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur Konvensiya g‘oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda koʻp tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. Konvensiyani imzolovchi tomonlar oʻz hududlarida fuqarolar tomonidan Yevropa hududida mavjud boʻlgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini oʻrganish hamda oʻz hududida boshqalarga oʻz tili yoki boshqa tillarni oʻrgatish imkoniyatini yaratib berish87lari zarur edi. Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bо‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat бўлган бирликдир Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk qadamlar 1949 yilda qoʻyildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Yevropada ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat boʻlgan birinchi xalqaro tashkilot – Yevropa Kengashi tashkil etildi. Bolonya jarayoni yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va oʻzaro uyg‘unlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999 yilning 19 iyuni deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur tizim oʻziga 1954 yilda Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Yevropa madaniyati Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan (oliy davlat hokimiyati organi tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy oʻquv yurtlarining Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida qatnashish, talabalar va oʻqituvchilarni oʻzaro akademik almashtirish uchun yangi imkoniyatlarga ega boʻlmoqdalar.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin