1. Transferancy – YESTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning tо‘siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ‘iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.
Axborot targ‘iboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning oʻqish natijalari haqida bir-biriga oʻz vaqtida axborot yetkazib turish;
2) oliy oʻquv yurtlarining oʻz axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini oʻrganish;
3) oliy oʻquv yurtlarida, YESTS haqida toʻla ma’lumotlarning mavjudligi.
2. Agreement – talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining YESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, о‘quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, о‘quv rejalaridagi farqni bartaraf etish tartiblari haqida о‘zaro kelishuvlarini anglatadi.
3. Sredits – Host (talaba qabul qiladigan) universitetida muvaffaqiyatli о‘tilgan barcha fanlar Post (talabani boshqa OTMga yuborgan) universitetda hisobga olinishi zarur.
4. Ta’limning insonparvarlashuvi – shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiyatining ochilishini anglatadi. YESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, о‘quv fanlarini va о‘qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
5. Ta’limning individuallashtiruvi har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70 % ni, majburiy fanlar esa 30 % dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70 % ni, auditoriyadagi ishi esa 30 % ni tashkil etadi. Ushbu kо‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bо‘lib xizmat qiladi.