Umumiy pedagogikaBlended learning (aralash о‘qitish) – onlayn о‘quv materiallari hamda о‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan о‘qitish shakli
Guruhli mashg‘ulotlar davomida “blended learning” (aralash oʻqitish)ning qoʻllanilishi tufayli har bir talaba oʻquv materiallarini oʻzlashtirish borasida oʻzida roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni namoyon etgan holda muloqot koʻnikmalarini oʻzlashtirib boradi, oʻtilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni oʻrganishga tayyorlanadi. Blended learning (aralash oʻqitish) koʻp holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qoʻshimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali uzatib beriladi. Blended learning (aralash oʻqitish) – onlayn oʻquv materiallari hamda oʻqituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan oʻqitish shakli93 Talaba mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa a’zolari bilan onlayn rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi. Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar vaqt miqdori boʻyicha oʻzaro mos kelishi turlicha oʻzgarib turishi mumkin. Ta’limning turli bosqichlarida masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib yuboriladi. Aralash ta’lima oʻqituvchi rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun soatlar hajmi kamaytiriladi degan faraz notoʻg‘ridir. Vlended learning (aralash oʻqitish)ning muvaffaqiyati ta’lim vositalarining toʻg‘ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining afzalligi shundaki, talabaning oʻzi oʻquv materialini oʻzlashtirish tezligi va ta’lim jarayonining intensivligini oʻzi belgilaydi. Aralash oʻqitish oʻzida quyidagi Yevropa ta’limi modellarini jamlaydi: Masofaviy ta’lim (distance learning). Auditoriya ta’limi (face-to face learning). Internet ta’limi (online learning). Uzluksiz ta’lim (lifelong learning) Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun nihoyatda ahamiyatlidir: ish vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab chiqarish ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim boʻlgan korxona, tashkilot va firmalarning xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida oʻqishni xohlovchi shaxslar uchun. Aralash ta’limning tarkibiy tuzilmasi ham oʻzgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda aralash ta’limning oʻndan ortiq shakllari mavjud. Oʻqitish amaliyotida aralash ta’lim oʻz “oʻlcham” (koʻrsatkich)lariga ega. Ular quyidagilardir: - malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi; - mahorat darslariga asoslangan ta’lim; - yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit; - talabalarning oʻz shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi OTMda blended learning (aralash oʻqitish) quyidagilarga asoslanadi: Onlayn ma’ruza mashg‘ulotlari. Onlan amaliy mashg‘ulotlar. Internet tarmog‘ida muhokama qilinadigan loyiha va guruh ishlari. Onlayn rejimda tashkil etiladigan laboratoriya mashg‘ulotlari. Onlayn rejimda mustaqil topshiriladigan test. Onlayn rejimda tashkil etiladigan maslahat. Blended learning – aralash oʻqitish tizimi boʻlib, ta’limiy konsepsiya hisoblanadi, qaysiki mustaqil ravishda bilimlarni onlayn orqali va kunduzgi holatda oʻqituvchi ishtirokida oʻrganiladi. YA’ni “shu yerda va hozir” degan ma’nolarni tushuniladi. Brick and Mortar (kirpich i rastvor) ingliz tili idiomasi boʻlib, an’anaviy ma’noni anglatadi. Demak, Brick and Mortar Education kunduzgi oʻqitishning an’anaviy shaklidir. Bu holatda kompyuter ta’limda mediatr boʻlib xizmat qiladi. Aralash oʻqitish shakllari: Blended learning; Hubrid learning; Technology-Mediated Instruction; Web-Enhanced Instruction; Mixed-Model Instruction. XX asrning 60 yillarida mavjud boʻlib, tushunchasi 1999 yilda amerika pressasi Interctive learning Center markazi EPIC Learning deb oʻzgartirdi. Ularning ma’ruzasida internet orqali oʻqitishni tavsiya qilingan. Blended learning metodologiyasidan foydalanishi e’tiborga olingan. 2006 yilda Bonk va Grem kitoblarida “yuzma-yuz” va kompyuter orqali oʻqitish ekanligi e’tiborga olingan. 1998 yilda Aleksandr Mak Kenzi tadqiqotida kompyuter yordamida BKMlarini oʻzlashtirishini osonligi qayd etilgan. Blended learning uch qismdan iborat: Masofali о‘qitish (Distance learning); Sinfda о‘qitish (Face – To – Face learning); Internet orqali о‘qitish (Online learning) Foydali jihatlari: bilimlar toʻplami va baholash imkoniyati hamda oʻqituvchiga koʻp odamlarni oʻqitish imkoniga ega. Kamchiliklari: Akt boʻyicha Blended learning modellari: Face – To – Face Driver (Drayver kunduzgii ta’lim) Rotation Model (Rotatsiya modeli) Flex Model (Moslashuvchan model) Online lab (Onlayn laboratoriya) Self-Blend Model (Oʻzing aralashtir) Online Driver Model (Drayver onlayn ta’lim)88 Yüklə 2,54 Mb. Dostları ilə paylaş: |