Didaktika-ta’lim nazariyasi, predmeti va vazifalari Pedagog – olimlar yillar davomida “Nega oʻqitamiz?”, “Nimani oʻqitamiz?”, “Qanday oʻqitamiz?”, “Qayerda oʻqitamiz?” kabi savollarga javob izladilar. Didaktika boʻlimi bu kabi savollarga javob beradi.
Men oʻz hamkasblarimga qarata oʻzida “Qanday oʻqitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega boʻlgan qoʻllanmalar avval ham, hozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun boʻlib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat koʻrsata olgan deb ayta olaman36.
Pedagoglar fikricha, ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning oʻzlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni zarur koʻnikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Didaktikaning rivojlanish tarixi:
Didaktika so‘zi ilk bor nemis pedagogi Volfgan Ratke (Ratixiya) (1571 – 1635) asarlarida o‘qitish san’ati sifatida ifodalanadi. Didaktikaning asosiy ilmiy ishlanmasini birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiy amalga oshirgan. U 1632 yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozadi, 1633 – 1638 yillarda asarni lotin tiliga tarjima qiladi va 1657 yilda Amsterdamda nashr qilinadi. Didaktika tushunchasini Y.A. Komenskiy: “Hammani barcha narsaga o‘qitishning universal san’ati” shaklida ifodaladi.
Yan Amos Komenskiy Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni oʻqitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu mavzuda shaxs tomonidan ijtimoiy tajriba oʻz ichiga bilimlar, amaliy koʻnikmalar va mahoratni hamda ijodiy faoliyat usullarini olishi muhim jihat ekanligi koʻrsatilgan. Koʻrsatilgan ushbu vazifa oʻqitish jarayonida hal qilinadi.
Didaktikaning ta’lim nazariyasi sifatidagi taraqqiyoti. Didaktika – pedagogikaning ta’lim, bilim berish jarayoni va oʻqitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi mustaqil boʻlimi hisoblanadi. Didaktika yunoncha “didasko” soʻzidan olingan boʻlib, “oʻqitish”, “oʻrgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini oʻrganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, oʻqitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi.
Didaktika-ta’lim nazariyasi. Didaktika – bilim berish nazariyasi. Aniqrog‘i, ta’lim – tarbiya beruvchilar va ularni oluvchilar orasidagi pedagogik munosabatlarning kechish qonuniyatlarini aniqlovchi va shu sohada qoʻllaniladigan tushuncha, atama va qoidalarni ilmiy asoslab beruvchi hamda ularni boshqalarga oʻrgatuvchi pedagogik ilm-fan tarmog‘idir. Ta’lim – insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni oʻquvchi-talabalar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilimga ega boʻlishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
Didaktikaning predmeti, vazifasi va funksiyalariDidaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos” – “oʻrgatuvchi”, “didasko” – “oʻrganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, oʻquvchi-oʻqituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yoʻllari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini oʻtaydi.