Umumiy pedagogika


Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə64/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti o‘qitish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchi yoki talabaning o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi jihatlarini o‘rganishdan iborat.


Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin.
Didaktikaning ilmiy tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir. Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi “ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “oʻquv dasturi, darslik va boshqa didaktik materiallar”, “oʻqitishning usul va uslublari” hamda “oʻqitishning texnik vositalari” orasidagi funksional aloqadorlikdan iboratdir.
Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorlikning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron – bir elementi oʻzgarsa, uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog oʻzgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi oʻqitishni usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham oʻzgarishi mumkin. Yoki, oʻqitishning dasturi oʻzgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda oʻqituvchi oʻzini va dars berish usullarini bir oz boʻlsa – da oʻzgartirishga majbur. Chunki ular oʻzaro funksional bog‘liqdir. Didaktikaning maqsadi mana shu oʻzgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan qonuniyatlar asosida kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir.
Didaktika oʻz tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviy tadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, oʻquv–uslubiy hujjatlarni oʻrganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi.
Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari:
Birinchi vazifasi – bilim egallash va ularni koʻnikma va malakaga aylantirish qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, koʻrgazmalilik, muntazamlik, ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faollik, tizimlik va izchillik, ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bularkeyingi oʻrinlardalarida batafsil yoritiladi.
Ikkinchi vazifasi ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchi vazifasita’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish.
Toʻrtinchi vazifasi yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonining oʻquvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash.
Beshinchi vazifasiinsoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan – texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo.
Demak, ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, koʻnikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda qobiliyatlarini oʻstirishdir.
Ta’lim asosida yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali toʻplangan bilimlar beriladi, zaruriy koʻnikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim oʻqituvchi va oʻquvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati boʻlib, u ikki tomonlama xarakterga ega. Unda ikki tomon– oʻqituvchi va oʻquvchi-talaba faol ishtirok etadi. Oʻqituvchi aniq maqsadni koʻzlab, reja va dastur asosida bilim, koʻnikma va malakalarni singdiradi, oʻquvchi-talabalar esa uni faol oʻzlashtirib oladi.
Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol oʻynaydi. Ta’lim yoshlarga bilim berish, ularda koʻnikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir boʻlgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini oʻrganish, uning turli jihatlari oʻrtasidagi bog‘liqliklar, mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
Oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yoʻnaltirish, jamiyat tomonidan qoʻyilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qoʻllash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy – me’yoriy hamda tashkiliy – texnologik vazifani bajaradi.
Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin