Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə67/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Pedagogik faoliyat – jamiyatning ta’lim-tarbiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja – dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turidir. Pedagogik jarayon – oʻqituvchi yoki tarbiyachi, oʻquvchi-talaba yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, oʻrgatish – oʻrganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimidir.

Didaktik tizim (yunoncha “sistema” – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) ma’lum mezonlar asosida ta’lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatishdir.

Didaktik tizimda pedagogik jarayon ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi.

Didaktikada pedagogik jarayon faoliyat sifatida tushuniladi va shuning uchun unda quyidagilar koʻrib chiqiladi:



  • boshlang‘ich vaziyat (holat) tahlili;

  • ishni rejalashtirish, maqsad-mazmuni va maqsadga erishishni ta’minlaydigan vositalarini tanlash – oʻquv materialidan parcha ajratish va uni turli yoʻllar bilan qabul qilish;

  • oʻquvchi yoki talabalarning bajarishi, oʻqituvchi va oʻquvchi talabalarning hamkorligi, ishni birgalikda tashkil etishi;

  • material mazmunini oʻzlashtirish va oʻzini-oʻzi nazorat qilish boʻyicha qilinadigan ishni kuzatib borish va tahlil qilish;

  • tahlil va oʻzini-oʻzi tahlil qilish, ta’lim natijalarini baholash kabilar.

Pedagogik jarayonda oʻqituvchi va oʻquvchi yoki talabaning oʻzaro faoliyati, belgilangan maqsad, mazmun va dastur oʻqituvchining faoliyati orqali amalga oshiriladi. Oʻqishni boshqarish kutilgan natijani hosil qiladi. Oʻqish – oʻqituvchining faoliyati. Oʻquvchi yoki talaba oʻqituvchining yordamida ta’lim vazifalarini bajaradi, insoniyatning ijtimoiy – tarixiy tajribalarini oʻzlashtiradi. Barcha turdagi faoliyat uch qismdan tashkil topadi:

  • moʻljallash – asoslash;

  • muloqot – bajarish;

  • fikrlash – baholash;

Shunga koʻra, oʻquvchi yoki talaba faoliyati shu uch qismdan tashkil topadi. Ta’limning muhim vazifasi – oʻquvchi talabalar faoliyatidagi bu uch qismning birlikda boʻlishiga va rivojlanishiga e’tibor berishdir. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanish qonuniyati mavjud.

Rivojlanish – shaxsning fiziologik hamda intellektual
o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar
mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan biri P.Ya.Galperinning “Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni bosqichma – bosqich rivojlantirish nazariyasi” sanaladi.


P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha shaxs rivojlanishining muhim koʻrinishi – bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni olti bosqichda kechadi:
1. Motivatsiya.
2. Tushuntirish.
3.Amaliy xatti-harakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda bayon etib xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Xatti-harakatlarni ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish.
Nazariyaga koʻra bilimlarni oʻzlashtirishda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1) xatti-harakatlarni oʻzlashtirish xatolar bilan kechadi (oʻquvchi oʻquv materiali mazmuni yetarlicha anglamaydi, ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi);
2) materialni nisbatan toʻla tushunadi (bu holat material bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan tavsiflanadi);
3) xatti-harakatlar tez, samarador va bexato oʻzlashtiriladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin