Umumiy pedagogika


Ta’limning koʻrsatmalilik va koʻrgazmalilik tamoyili



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə74/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

4.Ta’limning koʻrsatmalilik va koʻrgazmalilik tamoyili. Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlarini koʻproq jalb etish oʻrganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, koʻrish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi. Koʻrsatmalilik mavzuni oʻrganishda yengillik tug‘dirishi bilan birga oʻquvchitalabada qiziqish uyg‘otadi. Oʻrganilgan mavzuni uzoq muddat esda saqlashga va qayta esga tushirishga yordam beradi. Oʻquvchi-talabalarning sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini oʻstirishga yordam beradi.
Albatta, koʻrsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlarini ham e’tiborga olishi kerak. Birinchidan, ishlatiladigan koʻrgazmali qurollar oʻquvchi-talabalarning yoshi va oʻziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarlik saviyasiga mos kelgan boʻlishi lozim. Ikkinchidan, foydalaniladigan koʻrsatmali qurollar oʻtilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar boʻlishini hisobga olmoq, uni toʻg‘ri tanlashga e’tibor bermoq lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanishi uchun belgilangan koʻrsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur boʻlgan ta’lim usullari toʻg‘ri tanlangan boʻlishi lozim.
5.Ta’limning onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili. Oʻquvchi talabalarning yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r yodlash va kabilarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar jarayonlar bilan bog‘liq boʻlgan mavzuni ham tushunishlarini talab etiladi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda materiallar quruq yodlab olingan boʻladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirish oʻquvchi-talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham oʻz ichiga oladi. Ma’lumki ta’lim ikki tomonlama xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog yoʻnaltiruvchi boʻlib maydonga chiqadi va oʻquvchi-talabalar oʻrganish jarayonini kechiradilar.
Oʻrganish murakkab psixik jarayon boʻlib, oʻquvchi-talabalardan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagogik qonunchilik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin, oʻquvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, oʻquv jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak, oʻquv jarayonida avval oʻquvchi-talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga ta’sir etadi, idrok, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi.
Oʻquvchi-talabalarda faollik holatining vujudga kelishida motivatsiyalar ahamiyatlidir. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qoʻyishdir. Aytib oʻtish joizki, onglilik va faollik mustaqil tafakkurning vujudga kelishiga sabab boʻladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qoʻyilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman, onglilik, faollik va mustaqillik oʻzaro bir-birini toʻldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli oʻzlashtirish bir tomonidan oʻquvchi-talabalarning mustaqil, faol fikr yuritishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Oʻquvchi-talabalar faolligini rivojlantirish, mustaqilligini oshirish, onglilikni oʻstirish oʻqishda yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin