8.Ta’limning fanlararo bog‘liqliq tamoyili. Ta’limning asosiy maqsadi oʻquvchi-talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash, ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini amalda qoʻllay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun ta’lim jarayonida oʻquvchi-talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu fanlararo bog‘liq bilimlarni amaliyotda qoʻllay olishlarini ta’minlash lozim. Demak, bu tamoyil ta’limning fanlararo bog‘liqligi bilan hamohang boʻlib, ular bir-birlarini toʻldirib keladilar. Ta’limning fanlararo bog‘liqligi ilmiy bilimlarni nazariy jihatdan oʻrganishga, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunishiga, fikrlash qobiliyatini oʻstirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni amalda qoʻllab koʻrish, yanada toʻliqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda koʻnikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
9. Ta’limning nazariya bilan amaliyot birligi tamoyili.Mazkur tamoyillarda dastavval oʻquv fanining mazmunini va oʻziga xos xususiyatiga bog‘liq holda oʻqish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta oʻzlashtirish va uni amalda qoʻllay olish, oʻquv materiallarini idrok qilish, aniqlash, shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy jarayon bilan bog‘liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchi-talabalar tomonidan matematika, hamda ijtimoiy gumanitar fanlardan oʻzlashtirilgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalar laboratoriya mashg‘ulotlari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba yer uchastkalari, ishlab chiqarish mehnati va iqtisodiy munosabatlar jarayonida qoʻllaniladi. Bu mashg‘ulotlar ularni kelgusida murakkab ilmiy nazariyalari, amalda qoʻllay olishlari uchun zarur boʻlgan tajriba bilan qurollantiradi. Oʻquvchi-talabalar oʻquv materiallari tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy asosda atroflicha, chuqur tushunib oladilar. Kelajakda amaliy faoliyatlari uchun zarur boʻlgan mahorat, koʻnikma va malakalar hosil qiladilar. Shuning uchun ham har bir mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻrganilayotgan yangi bilimlarni mumkin qadar amaliyotga bog‘lash uchun jarayonning tamoyili sifatida qabul qilinadi.