Mavzu yuzasidan savollar 1. Didaktika tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Didaktikaning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot bering.
3. Didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti va maqsadini aniqlang.
4. Didaktikaning vazifalari nimalardan iborat?
5.Didaktika oʻz tadqiqotlarini olib borish jarayonida qanday tadqiqot usullaridan foydalanadi?
6. Ta’lim funksiyalarini izohlang.
7. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
8. Sharq mutafakkirlarining didaktik g‘oyalarini izohlang.
9. Didaktikaning tamoyillari qanday?
10. Didaktikaning qonuniyatlarini sanang.
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating.
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
Ushbu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
2- topshiriq. Pedagogik jarayon xususiyatlarinini klaster tuzish yordamida izohlang.
3 - topshiriq. Keys bayoni Har qanday tushuncha kabi “didaktika” atamasi ham mazmunan muayyan ta’lim qonuniyatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaga koʻplab ta’riflar berilgan.
Keys topshirig‘i “Didaktika” – yunoncha soʻz boʻlib, (“didasko”) tushunchasiga berilgan quyidagi ta’riflar orasidan toʻg‘ri javoblarni aniqlang.