Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə85/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

SUGGESTOPEDIA
Bugungi kunda AQSHda boshqa bir qator malakatlarda boʻlgani kabi “suggestopedia” nomi bilan tanilgan metodika keng rivoj topdi. Ta’limni intensifikatsiyalash va gipnoz bilan bog‘liq boʻlgan bu metod turlicha baholangan, tanqid ostiga ham olingan, olqishlangan ham. Biroq uning natijalari hayratlanarlidir. Suggestopedia asosida dars oʻtadigan pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan oʻtadi. Bunda ta’lim oluvchilarni yangi tilni tezkorlik bilan oʻrganishlari uchun maksimal qulay sharoit yaratiladi. Har bir oʻquvchi oʻzining g‘ayrioddiy lingvistik qobiliyatlari borligiga ishontiriladi, dars harakatda va oʻyinlar yordamida oʻtkaziladi, shuningdek, materialni qabul qilishni yengillashtirish maqsadida musiqiy ta’sir koʻrsatiladi, doimiy ravishda multimedia vositalaridan foydalaniladi va hokazo. Mazkur metod qoʻllanilganda tilni oʻrganish tezligi 40 – 50 barobar oshadi, chunki kuniga yod olinadigan soʻzlar va jumlalar soni odatiy metodikadagi raqamlardan ancha koʻp, (qayd etilgan rekord bir kunda mingga yaqin soʻz va ibora).
Jigsaw reading” metod talabalarda oʻqish,soʻzlashish va xulosa qila olish koʻnikmalarini rivojlantirishda foydalaniladi. Ayniqsa qisqa hikoyalar, matnlar va maqolalar bilan ishlashda bu metod juda samaralidir. U quyidagicha amalga oshiriladi. Talabalar ikki guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga hikoyaning birinchi qismi, ikkinchi guruhga ikkinchi qismi beriladi. Talabalar oʻzlariga berilgan hikoyaning qismini oʻqib, yaxshilab eslab qolishlari kerak boʻladi. Soʻng har bir talabaga narigi guruhdan juftliklar tanlanadi. Har bir juftlik bir- biriga oʻqigan hikoyasini soʻzlab beradi. Ish yakunida har bir juftlikda toʻliq hikoya paydo boʻladi. Talabalar hikoyani eslab qolishlari uchun ayrim qaydlarni amalga oshirishlari mumkin. Oʻyin soʻngida mavzuni mustahkamlash uchun savol – javob qoʻllash ham mumkin. Matn ustida ishlashning bu turini boshqacha koʻrinishda ham tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh talabalariga matn undagi soʻz yoki jumlalar, ikkinchi guruh a’zolariga butunlay boshqa soʻz va jumlalar oʻchirilgan holda beriladi. Har ikki guruh a’zolari savol berish yoʻli bilan oʻz matnini toʻldirib olishi kerak.
Socratic seminar” Ushbu metod mashhur faylasuf Suqrotning behisob savollar berish yordamida ta’lim berish usuliga asoslangan. Oʻqituvchi talabalarga kerakli mavzu yoritilgan matn va tayyorlanish uchun vaqt beradi. Oʻqituvchi ketma-ket savollar berish natijasida talabalarning mavzuni qay darajada tushunganligini bilib oladi.
Philosophical chair” metodi debatga oʻxshaydi. Talabalarga asosiy mavzu va savollar beriladi. Ular bildirilgan fikrga qoʻshilishlari, norozi boʻlishlari yoki betaraf qolishlari mumkin. Bu metod talabalarning bir - birlari bilan jonli munozara oʻtkazishga va yangi bilimlarni oʻrganishlariga asoslangan. Har bir talaba markazda joylashgan stulda oʻtirib, navbatma – navbat oʻz fikrlarini bildiradi. Keyin bahs – munozara boshlanadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin