7-ilova.
4-topshiriq Quyida keltirilgan Abdulla Avloniy tomonidan yaratilgan maktablar, asarlar, darsliklar va muxarrirlik qilgan gazetalar bilan tanishing va guruhlarga ajrating. 1. Usuli savtiya. 2.Xurshid. 3. Birinchi muallim. 4. Turkiy guliston yohud axloq. 5. Advokatlik osonmi. 6. Ikkinchi muallim. 7. Maktab gulistoni. 8. Shuhrat 9. Pinak. 10. Ikki sevgi. 11. Biz va Siz. 12. Sadoi Turkiston. 13. Portugaliya inqilobi. 14. Vatan. 15. Taraqqiy.
Maktablar
Asarlar
Darsliklar
Gazetalar
8-ilova.
5-topshiriq. Multimediali keys topshirig’i. “Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli kasalsiz jasad lozimdur” ma’rifatparvar pedagogning qarashlarini o’zingizning fikrlaringiz asosida keltiring. O’qitivchi savolni muhokama qilish uchun o’rtaga tashlaydi va o’ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo’lsa ham mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi. Hamma o’z fikrini bildirib bo’lgach, o’qituvchi doskaga yozilganlarni talabalar bilan muhokama qiladi va to’g’ri javoblar ajratib olinadi. 9-ilova 6-topshiriq.