Kichik guruhlarda ishlash qoidalari 1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
2. Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.
3. Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
4. Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
5. Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.
5-ilova.
2-Topshiriq:Kichik guruhlarda bajarish uchun taqdim etiladigan topshiriqlar “Agar kishi yoshligidan nafsi buzulib, tarbiyasiz o’sdimi, ollohu akbar unday kishidan kutmoq yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmoq kabidur.” Mavzusidagi FSMU metodini o’tkazishga doir ko’rsatmalar. Metodning maqsadi: Mazkur metod talabalardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish, xulosalash, shuningdek ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi: O’qitivchi talabalarga mavzuga oid bo’lgan g’oya yoki fikr taklif etadi, o’ylash uchun uch daqiqa vaqt beradi.
Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlar tarqatadi.
Hamma o’z fikrini bildirib bo’lgach, o’qituvchi talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to’g’ri javoblar umumlashtiriladi.
Fikringizni bayon eting :
“Agar kishi yoshligidan nafsi buzulib, tarbiyasiz o’sdimi, ollohu akbar unday kishidan kutmoq yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmoq kabidur.”
Fikringizning bayoniga SABAB ko’rsating:
Fikringizni isbotlashga MISOL keltiring
Umumlashitiring
6-ilova. 3-topshiriq. Abdulla Avloniy tomonidan ishlab chiqilgan tarbiya yo’nalishlari va vazifasiga izox bering 1. «Tarbiyaning zamoni» deganda qanday fikr ilgari surilgan?
2. «Badan tarbiyasi» deganda nima tushuniladi?
3. «Fikr tarbiyasi» deganda nima nazarda tutilgan?
4. «Axloq tarbiyasi» deganda nima tushuniladi?