Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari
Reja:
Kirish
Ilk psixologik bilimlar
Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egal-lashiga barcha obyektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkab bo`lib, biosferikta`limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o`rganilib kelingan.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shun-dan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo`lib, ij-timoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta`sir o`tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o`laroq o`ztatbiqiy ma`lumotlari, natijalarining ko`pqirra, ko`pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko`rsatki-chiga ega. Ayniqsa, bu borada o`zini o`zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o`rganish ilmidan tafovutlanib, o`zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, iro-dasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o`z aksini to-padi. Inson o`zini anglay borib, o`z insoniy xislati, xususiyati, si-fati, xulqini o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Ilk psixologik bilimlar
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o`zgari-shi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma`lumotlar bera-di, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta`minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniklash, shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinami-kasini ta`minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd qilish im-koniyati borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, kli-nik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixo-logiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o`z pred-metiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psi-xolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o`z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta`kidlab o`tish kerakki, psixologiya fani ko`hna tarixga ega bo`li-shiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental labora-toriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha gepexiz o`zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) il-miy jihatdan o`rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga ki-ritish davri (mavridi) keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo`lgan bo`lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi anikdangani yo`q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo`nalishdagi sohalar bo`yicha to`plangan ma`lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psi-xologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mav-jud bo`lishidan qat`i nazar, u alohida xususiyatga ega bo`lgan musta-qil fandir. Bizningcha, (E.G`), uning mohiyatini yoritish uchun boshqa manbaga murojaat qilish haqiqatga yaqinroq ma`lumot berishi ehti-mol. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, muayyan taraq-qiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o`ziga xoslik, alo-hidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritadi. Psixologiya fanini taxdil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniq-lashdan ko`ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o`rtasidagi munosabat to`g`risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma`-lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy taj-ribasi muayyan darajada o`z aksini topgan bo`ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og`irligi, o`zaro birikuvi to`g`risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqsoriy munosabatlar, geometrik shakl-larning xossalari, trigonometrik funksiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shun-day mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki, uning zamirida tubdan boshqacha o`ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kunda-lik turmushning o`ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo`lib, o`z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko`rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to`plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (Qari bilganni — pari bilmas). Chunki yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrach-lar, o`qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishi-lar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyo-si va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada qurollan-gandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko`pmi psixolo-gik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir -birlarini tushunishlari, ta`sir o`tkazishlari, xulq-atvor oqibati-ni oldindan bashorat qilish, kishining yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko`rsatishni ta`kidlab o`tishning o`zi kifoya.
Odatda, shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislat-lari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari bo`yicha turmush sharoitida-gi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o`zaro o`xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o`zining tuzilishi, tarkibi, anikligi, mantiqan izchilligi, ma`no-ning yig`iqligi bilan keskin ajralib turadi.
«Psixologiya» (yunoncha psiyuxi) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta`limot» degan ma`no angla-tadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma`noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi tomonlarini o`zida aks ettiradi.
Psixika to`g`risida dastlabki tasavvurga ega bo`lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodi-salar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo`lishi tushuniladi, boshqacha so`z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati — ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davr-ning o`zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilan-sa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo`layotganligi-ni anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ru-hiyatimizda sodir bo`lishidan tashqari, ular bevosita ko`z o`ngimizda namoyon bo`lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyo-sida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko`rinishi, jumladan, psixik ja-rayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche — «jon», somoto — «tana» ma`nosini anglatadi) hodisalar, inson akl-zakovati va qo`lining mo`jizakorligi moddiy va ma`na-viy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo`ladi, o`zining xususiyatlarini ajra-tadi, faqat ular orqaligina psixikani o`rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmala-rining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o`rganish tushuniladi. Boshqacha so`z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog`liq bo`lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya`ni atrofimizdagi narsa va hodisa-lar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixolo-gik voqelik deb ataladi.
Psixologiya fanining vujudga kelishi, shakllanishi, rivojla-nishi to`g`risida batafsil ma`lumot berish ushbu kurs uchun shart emas, chunki uning psixologiya tarixi sohasi mavjuddir. Shunga qaramas-dan, psixologiya fanining paydo bo`lishi haqidagi ayrim ilmiy materiallar, ma`lumotlar yuzasidan qisqacha mulohaza yuritish maqsad-ga muvofiq.