Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari


Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 60 Kb.
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü60 Kb.
#125254
1   2   3
umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari

Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida mehnatni rejalashtirish, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va ularning tabaqalashuvi, odamlar tafakkurining rivoj-lanishi tufayli jonning (ruhning) moddiylikdan tashqari xususi-yati, ko`rinishi yuzasidan g`oyalar vujudga keladi. Buning natijasida animistik tasavvurlar o`rnini ruhni borliqning naturalistik (lo-tincha paShga - tabiat ma`nosini anglatuvchi) falsafiy manzarasi tarzida izohlash namoyon bo`la boshladi:
Ruholamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo, olov)ning insonlar va hayvonlarga jon bag`ishlovchi shakli (Fales eramizdan oldingi VII — VI asrlar, Aneksimon V asr, Geraklit VI-V asrlar);
Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi, ya`ni gilozoizm (yunoncha Ni1ye — «modda» 2o1 «hayot» ma`nosi) to`g`risidagi g`oya yuzaga keladi;
Materiyaning jonliligi haqidagi g`oyani rivojlantirgan ato-mizm (yunoncha atotoz bo`linmas degani) namoyandalari (Demokrit eramizdan avvalgi V—IV asrlar, Epikur IV—III asrlar, Lukritsiy I asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar, jumladan:
a) ruhtanaga jon bag`ishlovchi moddiy jismlar;
b) moddiy asos sifatidagi aql;
v) hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a`zo;
g) ruh bilan aql tana a`zolari, binobarin, ularning o`zi ham tanadir;
d) ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir. Atomistlarning fikrlari tahlili shuni ko`rsatdiki, unda tana-
ning (jonli narsaning) aks ettirishidan tortib to psixikaga (yuk-sak aql idrokgacha) jonliligi xususiyatining materiyaga xos xususiyat ekanligining e`tirof etilishi o`sha davr uchun buyuk ilmiy voqelik edi.
Yuqoridagi psixolog olimlarning mulohazalari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda insonning tafakkuri, shaxsiy fazilatlari, uning maqsad ko`zlashi, gavdani idora etishga qobilligini dalillash to`g`risida fikr yuritish murakkab ruhiy jarayon hisoblanadi.
Jumladan, Aflotun (eramizdan avvalgi 428-27 —347 yillar) jon-ning tarkibiy qismlari to`g`risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) akd-idrok, b) jasorat, v) orzu-istak kabilardan iborat bo`lib, ular bosh, ko`krak, qorin bo`shlig`iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm (lotincha s!iaN8 ikki mustaqil ma`no bildira-di) ta`limotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita musta-qil narsa deb izohpaydi.
Aflotunning shogirdi Arastu (eramizdan oldingi 384—322 yil-lar) o`ziningta`limotida psixologiyani tabiiy— ilmiy asosga qurib, uni biologiya vatibbiyot bilan bog`lab tushuntirishga erishgan. Arastuning «Jon» to`g`risidagi kitobi ma`lum bir davr uchun taraqqiy-parvar manba vazifasini bajaradi. Unda odamlarning va hayvon-larning kundalik hayotiy lahzalarini kuzatish orqali yaqqol voqe-likni tasvirlash, tahlil qilish jarayonlari mujassamlashgandir. Arastuningta`kidlashicha, jon qismlarga bo`linmaydi, lekin u faoliyatningoziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql, idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda ro`yobga chiqadi. Uning mulohazasicha, sez-gi bilishningdastlabki qobiliyati, u tasavvur shaklida iz qoldiri-shi mumkin.
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixolo-gik g`oyalar mukamallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto ruh hozirgi zamon psixikasi kabi qo`llanish ko`lami kengaydi.
Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqa-ri ong tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy hara-katlar va ularni nazorat qilish imkoniyati tug`ildi. Masalan, rumo-lik shifokor Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tib-biyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to`g`risidagi tasavvurlarni yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g`oyala-ri «ong» tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muhim davr bo`lib hisoblanadi. Jumladan, fransuz olimi Dekart (1596— 1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor (g`ayriixtiyoriy) tabiat-ga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan boshqarilayot-ganligi tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ref-leks (lotincha gePexiz aks ettirish) organizmning tashqi ta`sirga qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinish, asab-mushak faoliyatini obyektiv tarzda bilish vositasiga aylandi, sez-gi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi.
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588—1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaningham qonu-niyatlari ekanligini ta`kidladi. Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha yer1 o`ta, rpa1potepop gayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya`ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro`y beradi-gan ruhiy hodisalar to`g`risidagi ta`limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632—1677) ongni katta ko`lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya`ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U determinizm (lotincha s-yeteggtpaga belgilayman) prinsipining, ya`ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psi-xik hodisalarning obyektiv sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta`limot targ`ibotchisi edi.
Nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716), ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705-1757), fransuz Didro (1713-1784) kabilar g`oyalar assotsiatsiyasi (bog`lanishi) qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo`lishi, qobiliyatlar psixo-logiyasi haqida muhim ta`limotlarini yaratish bilan fanning ri-vojlanishiga muhim hissa qo`shdilar.
An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga
ajratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment - bola taraqqiyoti haqida
ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar - test, so’rov, faoliyat
mahsullarini o’rganish - tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida
faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bo’ladi.
Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli
tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar
berilgan. Bolalar psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari
o‘ziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida rus psixologi B.G.Ananevni
tavsiya qilgan klassifikatsiyasiga asoslangan holda mazkur metodlarning
xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni
tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni
sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi
bo‘yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo‘linadi. Quyida mazkur
metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash,
longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi.
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik
guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), tibbiyot
psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash),
sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o‘zaro
taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati,
salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligi kabilarni
o‘rganishda qo‘llanadi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov,
B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan
tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik,
o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga
oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili» muammosining ko‘tarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psixologik
moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng
qo‘llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning
ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash metodi qo‘llanadi. Ayniqsa,
sinaluvchilardagi o‘zgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini
alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi
va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga
diqqat-e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz)metodi ham qo‘llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari
N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko‘p
yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash
jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator
tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi
bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda paydo
bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni
(xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik
munosabatlari, ichki bog‘lanish qonuniyati, mexanizmi to‘g‘risida mukammal,
ishonchli, barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o‘ziga xosligini, obyektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o‘xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg‘usining o‘zgarishi, kishilar o‘rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazolar) bo‘yicha ma’lumotlar olish longityud metodi bilan amalga oshadi.
Xulosa
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevio-ristik, empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyurs-burg, psixogenetik, reduksionizm, solipsizm, gumanistik, bioge-netik, sotsiogenetik kabi yo`nalishlari tomonidan to`plangan ma`lu-motlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. Xuddi shu yo`nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti prinsiplarini aniqlab berdi.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuq-larga erishildi (Galler, Proxazka), buning natijasida psixika mi-yaning funksiyasi ekanligi haqidagi ta`limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi tomo-nidan yozuvchi va harakat nervlari o`rtasidagi tafovut ochib berildi, uning negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fani-da paydo bo`ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyor-siz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi. Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta`sirida rus olimi I.M. Sechenovning (1829—1905) reflektor nazariyasi ro`yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fa-nining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya reflekslari-ning o`ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo`ldi.



Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin