Umumiy psixologiya



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə10/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108
Umumiy psixologiya

Eksperiment metodi Professor A.F.Lazurskiy (1874—1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi — tabiiy eksperimental metod 1910-yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixolo-giyasini o`rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta'lim psixo-logiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanil-moqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraq-qiyotiga juda unumli ta'sir ko`rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o`z-o`zini kuzatish yo`li bilan aniqlash qiyin bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma'lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayon-lardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba'zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo`li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo`lgan bog`lanishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimen-tal metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida - o`quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil
qilish va raqionalizaqiyalashda, sud ishlarida, san'atda juda ko`p foyda keltirdi.
Shunday qilib, eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
So’rovnoma metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin