Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi
Asosiy adabiyotlar: 1.Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
2.Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009
2-Mavzu : Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi.
Reja
Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi Shaxs haqida tushuncha. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar. Z.Freyd maktabi. Z.Freyd g‘oyalarida shaxs strukturasi. Shaxs psixologiyasi, ko‘p qirraligi. Individ, shaxs, individuallik. Shaxsning turli fanlar nuktai nazaridan o‘rganilishi. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyusion tarixiy va tizimli yondashuv. Shaxsning psixik rivojlanishini tabaqalashtirish sxemasi (D.B.Elkonin). Inson tabiatini evolyusion jihatdan tadqiq etish. Muhit, shaxs rivojlanishi. Psixologiyaning turli yo‘nalishlaridagi rivojlanish haqidagi tasavvurlar. Haѐt tarzi, inson individual xususiyatlari,
hamkorlik faoliyati-shaxs rivojlanishining asoslari. S.Xollning bolani taraqqiyot konsepsiyasi: rekapitulyasiya qonuni, shaxs kamolotida fazalari.
Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta’sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma’lumotlarga ega. Jamiyat taraqqiyotida bosh omil hisoblanuvchi, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo`lib hisoblanuvchi inson odam sifatida dunyoga keladi. Uning shakllanishi o`ziga xos xususiyatlari u yashab turgan jamiyatda tarbiyalanadi, yuz beradi. Odam insoniyat vaqili sifatida baholanuvchi termin bilan xarakterlanadi.
Hamma odamlar, u yangi tug`ilgan yoki katta, sog`lom yoki kasal bo`lsa ham, uning sifatlari va xususiyatlaridan qat’iy nazar individ deb ataladi. “Individ” tushunchasida odamning nasl-nasabi mujassamlashgandir.
Demak, individ qachonki, ongli ravishda va maqsad sari ma’lum bir faoliyatda atrof-muhitni anglasa va yaratuvchanlik hissasini qo`shsa, uni sub’ekt deb atash mumkin bo`ladi. Ammo ayrim faoliyatda ishtirok etuvchi individ hamma vaqt shu faoliyatning sub’ekti bo`la olmaydi, chunki har doim ham individ bajarayotgan xatti- harakatini anglamaydi va ularni maqsadga qaratilgan holda amalga oshirmasligi mumkin.
Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo`lib etishadi. Shaxs bu - ongga ega bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyada yashab ongli faoliyat bilan shug`illanuvchi odam individdir. Psixologiyada individ tomonidan seminar faoliyat va munosobat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatli belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
«Individ» va «shaxs» tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va aynan o`xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatniig har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo`ladigan shaxslararo barqaror bog`lanishlar sistemasidagina anglanilishi mumkin.
Bunday shaxslararo aloqalar realdir, lekin ular tabiatan «g`ayrihissiy»dir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va xatti-harakatlarida namoyon bo`ladi, lekin ularning sababchisi bo`la olmaydi. Ular har bir individlararo aloqalar sistemasida va undan kengroq miqyosda ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan alohida mavqeini belgilab beradigan ana shu shaxsiy hislatlarini namoyon qiladigan guruh shaklidagi o`sha faoliyatning alohida fazilatini tashkil etadi.
Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqlar, tashqaridan qaraganda, konkret faoliyatga xos munosbat yoki sub'ekt-sub'ekt munosabati qabilida yonma-yon mavjud bo`lgan sub'ekt-ob'ekt munosaoati shaklida yuzaga chiqadi.
Lekin bilvosita namoyon bo`lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatning emas, balki munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo`lib qoladi. Chuqurroq yondashiladigan bo`lsa bevosita sub'ekt-sub'ekt aloqasi shunchaki o`zicha mavjud bo`lishdan ko`ra ko`proq allaqanday ob'ektlar (moddiy yoki hayoliy ob'ektlar) vositasida namoyon bo`lishi aniqlanadi.
Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat ob'ekti (sub'ekt – ob'ekt - sub'ekt) orqali namoyon bo`ladi, demakdir.
O`z navbatida individning konkret faoliyatiga oid to`g`ridan-to`g`ri ishi bo`lib ko`ringan narsa aslida bilvositalik hosilasi hisoblanadi. Buning ustiga shaxs uchun bilvosita ifodalanish bo`g`ini endilikda faoliyat ob'ekti ham emas, uning konkret mohiyati ham emas, balki faoliyatda birgalikda ishtirok etayogan boshqa bir kishiniig shaxsi hisoblanadiki, u bamisoli faoliyat ob'ektini yaxshiroq idrok etish, anglab olish, his qilish mumkin bo`lgan nurning aksini sindirib qaytaradigan uskuna sifatida xizmat qiladi. O`zimni bezovta qilayotgan savolga javob topish uchun men boshqa birovga murojaat qilaman.
Aytganlarniig hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub'ekt - ob'ekt - sub'ektlararo va sub'ekt - sub'ekt - ob'ektlararo) munosabatlarning nisbatan, barqaror sistemasi sub'ekti sifatida anglab etish imkonini beradi.