2.Shaxs shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar, shaxsning malaka va odatlari.
Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs yo`nalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.
E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.
Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.
Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan qiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi.
Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi.
Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi.
3.Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha, biogenetik nazariya va uning mohiyati, sotsiogenetik nazariyasining mazmun mohiyati, konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni. SHaxs jamiyat a’zosidir. U ommaning sinfning ajralmas qismidir. U omma bilan xarakatlanib tarixni yaratadi. SHaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir.
SHaxsning shaxs bo`lishligi uchun u faollikka ham ega bo`lishi kerak. CHunki faoliyatdagi faollik shaxsning muxim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo`naltirilgan bo`ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko`rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir.
SHaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir. Individuallik xar bir shaxsning o`zigagina xos bo`lgan, takrorlanmaydigan shaxsdir. Individuallik kishining xarakteri, temperamenti, psixik kechinmalarining o`ziga xos xususiyatlari, xissiyoti va faoliyatining motivlarida ko`rinadi. Ana shunga ko`ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar.
Dunyoda qancha odam bo`lsa, shuncha individuallik mavjuddir. Xech kim bir-birini o`rnini bosa olmaydi. «O`nta bo`lsa, o`rni boshqa» maqoli individuallikka ham nisbatan aytilgandir.
SHaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo`lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. CHunki saxnadagi ko`rinish o`zgarishi bilan aktyor maskasi ham o`zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o`z qiyofasini o`zgartirishi va o`zini bir necha xil qilib ko`rsatishi ham mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.
SHaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik to`zilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin.
Psixik xolatlar doim o`zgarib tursa ham, xar turli ijtimoiy guruxlarda va xar xil xayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollari bilan bog`liq xolda xulq – atvori o`zgarib tursa ham, yoshning o`zgarib borishi va xokazolari bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar sodir bo`lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo`lib qolaveradi.
SHaxsning psixologik to`zilishiga ikki xil qarash mavjuddir. Idealist olimlar shaxs to`zilishini faqat biologik faktorlar (anatomik – fiziologik to`zilishga) bog`lab tushuntirsalar, boshqalari faqat ijtimoiy faktorlarga bog`laydilar. Aslida shaxs to`zilishida ikki faktorning ham roli bor. Lekin shaxs to`zilishi va uning shakllanishida ijtimoiy faktornnig roli kattadir. CHunki shaxs ijtimoiy kategoriyadir.
Bundan tashqari, shaxs faolligining manbai masalasida ham ikki xil qarash mavjuddir. Birinchi gurux tarafdorlari shaxs aktivligini biologik faktorlarga bog`laydilar. SHaxsning shakllanishini va faolligini biologik faktorlarga bog`lovchilardan eng ommaviysi freydizm bo`lib xisoblanadi. Bu ta’limotning asoschisi avstriyalik vrach va psixolog Zigmund Freyd bo`lib, uning ta’limotiga ko`ra shasx psixologik xayotining asosini jinsiy lazzat olishga qaratilgan tug`ma, ongsiz mayllar tashkil etadi.