Umumiy psixologiya


Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə34/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
Umumiy psixologiya

3.Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish.
Esda olib qolishni xotiraning yangi materialni ilgari o`zlashtirilgan material bilan bog`lash orqali esda saqlab qolinishiga olib keladigan jarayon sifatida ta’riflash mumkin. Bu shaxs tajribasini yangi bilimlar va xulq-atvor shakllari bilan boyitishning zarur shartidir. Esda olib qolish hamisha tanlangan bo`ladi. Sezgi a’zolarimizga ta’sir qiladigan barcha narsalar ham esda olib qolinavermaydi.
Esda olib qolish qisqa muddatli va uzoq muddatli hamda ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo`linadi.
Operativ esda olib qolish deb ataladigan eslab qolishni qisqa va uzoq muddatli eslab qolish o`rtasidagi oraliq darajalaridan biri deb xisoblash mumkin. Operativ esda olib qolishni kishining odatdagi xarakatlariga xizmat qiluvchi xotira jarayoni deb ta’riflash mumkin. U kishi bajarayotgan xarakatning xar bir konkret jarayonida biron natijaga erishish sharoitlaridan biri sifatida yuz beradi.
Uzoq muddatli xotiraga shaxs faoliyatining xayotiy muxim maqsadlariga erishishda taktik jixatdagina emas, balki strategik jixatdan ahamiyat kasb etgan axborot kelib turadi.
Psixologiyada, yuqoridagilardan tashqari, ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolish farq qilinadi.
Ixtiyorsiz esda olib qolish – bilish va amaliy xarakatlarni amalga oshirishning maxsuli va shartidir. Bunda esda olib qolish o`z xolicha bizning maqsadimiz sifatida yuzaga chiqmaganligi sababli beixtiyor esimizda olib qolingan jamiki narsalar xususida odatda «o`zidan-o`zi esda saqlanib qolgan ekan» deymiz.
Ixtiyoriy esda olib qolish – maxsus mnemik xarakatlar, ya’ni asosiy maqsadi esda olib kolishdan iborat bo`lgan xarakatlar maxsulidir. Maxsus o`tkazilgan tadqiqotlar materialni aynan, to`la va izchil eslab qolish vazifasining aniq qilib qo`yilishi ixtiyoroiy esda olib qolishning asosiy shartlaridan biri ekanligini ko`rsatdi.
Qayta esga tushirish.
O`tmishda idrok qilingan narsalarning, xis-tuygu, fikr va ish-xarakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga esga tushurish deyiladi. Esga tushurishning nerv-fiziologik asosi miya pustida ilgari xosil bo`lgan nerv bog`lanishlarining qaytadan qo`zg`olishidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin