Umumiy psixologiya


Muloqot to`g`risida umumiy tushuncha, muloqot turlari, muloqot vazifalari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə43/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Umumiy psixologiya

Muloqot to`g`risida umumiy tushuncha, muloqot turlari, muloqot vazifalari. Xar qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi.Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan urni,ishlarining muvoffakiyati, obrusi uning muloqotga kirish kobilyati bilan bevosita bogliq.
Muomalaning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatidan tashqarida uning pertseptiv jihati - munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladi o`zaro idrok etishi yuzaga chiqadi.
O`zaro birgalikda harakat qila boshlaydigan odamlar o`zaro hamjihatlik darajasini baholab oladigan va muomalaga kirishgan sherigining kimligi haqida o`ziga hisob bera oladigan bo`lsagina muomala yuz berishi mumkin.
Muomala ishtirokchilari o`z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga (asli holida aks ettirishga), xis-tuyg`ularini, xulq-atvorining sabablarini, ahamiyatga molik ob'ektlarga nisbatan munosabatini fahmlab yetishga harakat qiladi.
«Muomala chog`ida siz eng avvalo kishidagi qalbni, uning ichki dunyosini izlang»,—deb yozgan edi K. S. Stanislavskiy. Lekin boshqa kishining ichki dunyosini bunday tarzda qayta tiklash juda ham murakkab vazifadir. Sub'ektga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe'l-atvori va xatti-harakatlari, ular qo`llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in'om etilgan va u ana shu ma'lumotlarga tayangan holda o`zi bilan muomalaga kirishgan odamlarning kimligini tushunib etish, ularning qobiliyatlari, o`y-fikrlari, niyatlari va shu kabilar haqida xulosa qila olish uchun muayyan ishni bajarishiga to`g`ri keladi.
Taniqli sovet psixologi S. L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda, odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo`ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma'lumotlari mohiyatini go`yo «o`qib», ya'ni «mag`zini chaqib» chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz.
Bunday «o`qish» naridan-beri tez yuz beradi, chunki tevarak-atrofdagilar bilan muomala jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe'li-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma'no hosil bo`ladi». Alohida bir hatti-harakat o`zicha uning zamiridagi ichki psixologik jihat bilan uzil-kesil bog`liq emas va bu xrl shaxslararo idrokni psixologik vazifaning bajarilishiga aylantiradi.
Muomalaning pertseptiv jihati — bu kiishning kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Individ boshqa odamlarni o`rganarkan, ular bilan birgalikda faoliyat ko`rsatish istiqbollarini yaxshiroq va yanada ishonarliroq aniqlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Kelishib olingan harakatlarning muvaffaqiyatliligi ular ichki dunyosining aniq-ravshan «o`qib chiqilganligi»ga bog`liqdir.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin