Umumiy psixologiya


Muloqot texnikasi va usullari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə46/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Umumiy psixologiya

Muloqot texnikasi va usullari .Kishi birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruratga ko`ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa urnatishi, o`zaro hamjixatlikka erishishi, keraqli axborot olishi va javob tarikasida axborot berishi lozim va xokazo. Bu o`rinda Muloqot faoliyatning bir tomoni, bir kismi, uning eng muxim informativ kommunikao`iya sifatida namoyon bo`ladi.
Muomala jarayoniga kam deganda ikki kishi jalb etilgan bo`ladi. Ularning har biri boshqasining tashqaridan seziladigan fe'l-atvor belgilariga qarab uning o`zi to`g`risidagi, uning ichki dunyosi to`g`risidagi tasavvurni qay tariqa hosil qila oladi?
O`zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muhim mexanizmning ta'sirini — identifikatsiyalash (aynan o`xshatish), refleksiya (fikrni tahlil etishga moyillik) va stereotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni alohida ko`rsatish mumkin.
Idenfikatsiyalash - bir kishining ikkinchi kishini uning ta'rifini sub'ektning o`z ta'rifiga anglanilgan, yoki anglanilmagan, tarzda o`xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o`zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o`zining o`rniga qo`yib ko`rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o`y-fikrlari, mayllari va his-tuyg`ulari haqida taxmin qiladilar. Avgust oyi kunlardan birida institut qoshida g`oyat hayajonlangan holda darslikni varaqlashayotgan ikkita qizni uchratib qolgan student o`zining abiturient sifatida institut eshiklari oldida imtihonga kirishga taklif qilishlarini ko`tib turgan paytlarini eslab, bir zumdayoq ushbu qizlarning ruhiy holatini xayolan o`z boshidan kechira boshlaydi.
Ammo sub'ektga munosabat boshqa kishini faqat undan o`zini chetlashtirgan holda, tashqaridan turib tushunishi emas, balki o`zi bilan muomalaga kirishgan individning uni qanday qabul qilishi, uning o`zini qay tarzda idrok etishi va tushunishi ham muhim ahamiyatga egadir. Sub'ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab etishi refleksiya deb ataladi.
Refleksiya boshqa kishini idrok etish tarkibiga kiradi. Boshqa odamni idrok etish, jumladan idrok etish sub'ekti sifatida o`ziga nisbatan uning munosabatini anglab etish degan ma'noni bildiradi. Shunday qilib, kishining kishi tomonidan idrok etilishini ko`zgudagi qo`shaloq aksga o`xshatish mumkin. Kishi boshqa birovni aks ettirarkan, o`sha kishining idrok etish ko`zgusida o`zini ham aks ettiradi.
Shaxslararo idrok etish jarayonidagi ko`zguda ko`p martalab aks etish Ya. Marshak tomonidan tarjima qilingan she'rda hazilomuz shaklda quyidagicha tarzda bayon etilgandir:
Aftidan, u sizni o`pgan o`xshaydi?
Aniq bilmadim, shunga o`xshaydi.
Lekin qanaqasiga bo`ldingiz rozi?
Eh, u shunaqa tentakdir o`zi!
U meni uxlab qolganu
Uyqumda sezmaydi deb,
Yo men nima o`ylasam, shunimi,
Bilmadim, meni uxlayapti, deb o`yladi!
Muomala jarayonida identifikatsiyalash va refleksiya birgalikda yuz beradi.
Agar har bir kishi o`zi munosabatga kirishgan odamlar to`g`risida doimo to`liq, ilmiy asoslangan axborotga ega bo`lganida bormi, ular bilan bo`ladigan o`zaro harakat taktikasini bexato va aniq ishlab chiqishi mumkin bo`lardi. Lekin sub'ekt kundalik hayotda, odatda bunaqa aniq axborotga ega bo`lavermaydi, bu esa uni ularning qilgan ishlari va xatti-harakatlaraning sabablarini boshqalarga to`nkashga majbur qiladi.
Boshqa kishining xatti-harakatlari sababini his-tuyg`ularni, niyatlarni, o`y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to`nkash yo`li bilan tushuntirish kauzal atributsiya (lotincha saiza-sabab va atributo-qo`shib qo`yaman, in'om etaman degan so`zlardan olingan), ya'ni sababiy belgilar yoki sababiy izohlash deb ataladi. Pedagogning bolaning xatti-harakatlarini sababiy jihatdan noto`g`ri izohlashi maktabda ko`ngildagidek pedagogik munosabat o`rnatilishini qiyinlashtirib, ba'zan esa umuman yo`qqa chiqarib qo`yadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin