Umumiy psixologiya


Pedagogik faoliyatda muloqot



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə48/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
Umumiy psixologiya

4.Pedagogik faoliyatda muloqot.Ta`lim – bu avvalo axborot jarayonidir. O`qituvchi o`quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi /tegishli axborot beradi va o`z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o`zlashtirilganligi xaqida tasavvur xosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o`quvchilarning diqqat bilan utirishlarida, o`qituvchiga karab turishlarida, yuz ifodalarida o`z aksini topadi.
Agar teskari aloqa bo`lmaganda edi o`qituvchi bergan axborotining o`quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo`lur edi. Teskari aloqa o`qituvchiga o`z nutqini davom ettirish yoki tuxtatish, ish to`rini o`zgartirish, umuman faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.
Pedagog bolalarga axborot o`zatish jarayonida ularga tarbiyaviy ta’sir etib ham boradi, ya’ni o`zining ideallari, qarashlari, odobi, xarakat usullarini ularga o`tkazib ham boradi. Muloqotning uchinchi vazifasi – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va bajarilishi demakdir. Kishi boshqa odamlarni o`rganar ekan, ular bilan birgalikda faoliyat kursatadi, istiqbollarini yaxshirok va yanada ishonchlirok aniqlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Kelishib olingan xarakatlarning muvoffaqiyati ular ichki dunyosining aniq o`qib chiqilganligidir. Kishilarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish ham muxim ahamiyatga egadir. Muloqot madaniyati kishilarda tasodifan yoki maktab ta’limi ta’sirida shakllanadi. Masalan, o`qituvchi birinchi sinfdanoq o`quvchilarga to`g`ri gapirishni, savollarga keng va batafsil javob berishlikni, suraganda urnidan turib gapirish lozimligini urgatib boradi. Bolalar yoshi ulgaygach, masalan, katta maktab yoshida o`quvchilar badiiy adabiyot yoki maxsus pedagogik adabiyotlarni o`qish orqali muomala madaniyati xaqida yana ham kengroq tushunchaga ega bo`ladilar.
Lekin muomala madaniyatini maxsus mashq qilish orqali o`rganishning zarurligi xech kimga sir emas. Psixologik trening, ya’ni muomalani Mashq qilish ikki xil vazifani bajarishni nazarda tutadi, birinchidan muomalaning, ayniksa pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini o`rganishni, ikkinchidan, pedagogik kommunikao`iyaning «texnologiyasini» egallash, ya’ni professional pedagogik muomala ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Pedagog faoliyatining didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini o`qituvchi bilan o`quvchilar kollektivi o`rtasidagi sermaxsul munosabat jarayonini tashkil etmasdan turib yetarli darajada unumli tarzda amalga oshirib bo`lmaydi.
Shu tariqa pedagog faoliyatida munosabat, birinchidan, xususan o`quv vazifalarini xal etish vositasi sifatida, ikkinchidan tarbiyaviy jarayonna sotsial-psixologik jihatdan ta'minlovchi sistema sifatida, uchinchidan, o`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasida tarbiya va ta'limning muvaffaqiyatli olib borilishiga imkon beradigan o`zaro munosabatlarning muayyan sistemasini tashkil etish usuli sifatida va, nihoyat, to`rtinchidan, buningsiz maktab o`quvchisining individga xos xususiyatlarini tarbiyalab bo`lmaydigan jarayon sifatida maydonga chiqadi.
Pedagogik munosabat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv-tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.
Pedagogik munosabat, bir tomondan, o`quv-tarbiya jarayonining hissiy-holati bo`lib, ikkinchidan esa, uning bevosita mazmuniy ta'rifi sifatida namoyon bo`ladi

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin