4.Yuksak hislar, hissiy ton, affekt, stress, praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar, hissiyotning o’ziga xosligi. Odamning his-tuyg`ulari bilan hayvonlar his-tuyg`ularining tubdan farqi bor.
Shaxs o`zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsalarga uning barqaror munosabati his-tuyg`ularinng mazmunini tashkil etadi. Individ-barqaror his-tuyg`ulari predmeti, uning afzalligi, kechinmalarining xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo`lishi kuzatuvchi ko`z o`ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg`ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi.
His-tuyg`ular (tor ma’noda olganda) kishi shaxsining yo`naltirilganligida mujassamlashgan barqaror ehtiyojlari ob’ektiga nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. Shu sababli his-tuyg`ular barqarorligi bilan, ular sub’ektning hayoti soatlar va kunlar bilan emas, balki oylar va yillar vositasida o`lchanadigan darajada davomiyligi bilan belgilanadi.
Ehtiroslar. Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg`ularning alohida turini tashkil etadi. Kishining fikrlari va hatti-harakatlari yo`nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg`u ehtiros deb aytiladi. Extiroslar mazmuniga ko`ra ijobiy va salbiy bo`ladi.
Eng oliyjanob, yuksak his-tuyg`u, vatanga muhabbat, texnika ijodkorligi yoki haqiqatni qidirib topish, xalqiga xizmat qilish sifatida bo`lgan tuyg`ular, fanga mehr-muhabbat, o`rtoqlik va do`stlik ham ba’zi hollarda ehtirosga aylanishi mumkin.
Muhabbat. Muhabbat-insonga xos eng muhim barqaror his-tuyg`ulardan biridir. «Muhabbat» tushunchasi psixologiyada ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi (bir qancha tushunchalarning umumiy belgisi jins ma’nosidagi) muhabbat ijobiy hissiy munusabatlarning ob’ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko`rsatadigan hamda sub’ektning barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo`yadigan yuksak darajasi demakdir. Vatanga bo`lgan muhabbat, onaga, bolalarga, musiqaga va hokazolarga muhabbat ana shunday his-tuyg`udir.
Ancha torroq ma’nodagi (Tur tushuncha ma’nosida) muhabbat sub’ektning shahvoniy ehtiyojlari bilan fiziologik jihatdan bog`liq bo`lgan hamda boshqa birovning hayoti va faoliyatida ham o`zidagi singari jadallikka, keskinlikka va barqarorlikka da’vat etadigan javob his-tuyg`usiga ehtiyoj uyg`otuvchi shaxsiy ahamiyatga ega xususiyatlarni yanada to`laroq gavdalantirishida ifodasini topadigan jadal, jiddiy va nisbatan barqaror his-tuyg`ulardir. Bu tur muhabbat turli yoshda turlicha mazmunga ega bo`lishi mumkin . Pedagog buni bilishi kerak.
Psixologiyada his-tuyg`ular turlarining xamma uchun ma’qul bo`lgan tasnifi yo`q. Quyidagi turlarini alohida ajratib ko`rsatish odat bo`lgan: ma’naviy , intellektual (aqliy) va estetik (Nafosat) his-tuyg`ular.