Umumiy psixologiya


-Mavzu: Turli yosh davrlarida o‘zlashtirish xususiyatlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə84/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108
Umumiy psixologiya

12-Mavzu: Turli yosh davrlarida o‘zlashtirish xususiyatlari
Reja:
Bolalik va erta davr. Maktabgacha davr. Kichik maktab davrida o‘qitish. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida o‘qitish va o‘zlashtirish


Perinatal davr va chaqaloqlik davri. Juda ko‘p tadqiqotchilar, amaliyotchi psixolog va psixiatrlar inson xotirasida o‘zining ona qornidagi davri hayoti va biologik tug‘ilishi haqidagi esdaliklarni bilishga qiziqib kelganlar hamda bu fenomenni tushuntiruvchi va homila psixik hayoti sir-sinoatlarini ochib beruvchi ba’zi ma’lumotlar ham mavjud. Homila bilan “aloqa” o‘rnatishga intilib, tadqiqotchilar uning harakat reaksiyalari va yurak urishini o‘rganganlar. YUrak urishini tahlil qilish yordamida ular homilaning tovushlarga reaksiyasi, sensor qobiliyatlari, masalan ta’mni farqlash qobiliyati, teriga ta’sir ko‘rsatgandagi reaksiyani o‘rganganlar. SHu tariqa olimlar homila psixik faoliyati to‘g‘risida bir qator ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, garchi shu kabi ma’lumotlar qadimda ham mavjud bo‘lgan. Homilaning ona qornidagi davri psixologiyasi sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar antenatal psixologiya, ya’ni homilaning paydo bo‘lgandan boshlab tug‘ruq davri boshlangunga qadar bo‘lgan davri uning bosh miyasi, sensor sezgirligi, idrok, xotira va psixik jarayonlari hamda aynan shu davrda tug‘ilajak boladagi psixik hodisalar rivojlanishini o‘rganadigan sohaga asos solinishiga olib keldi. Rivojlanayotgan organizmning murakkab faoliyat qobiliyati haqidagi tasavvurlarga uning funksional faolligini o‘rganish bilan ega bo‘lish mumkin. Ona qornidagi homila faolligi yurak urishi, harakat faolligi, uxlash va uyg‘oqlik maromi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi.
Inson bolasining murtaklik davridagi birinchi siklik harakati yurak qisqarishi bo‘lib, ona qornida rivojlanishning dastlabki 3 haftaligi (18-23 kunlari)da yuzaga keladi, bunda homiladorlikning 5-haftasigacha embrion harakatsiz bo‘ladi. YUrak ritmik ravishda qisqaruvchi organ sifatida birinchi bo‘lib ishlashni boshlaydigan tuzilmadir.
Alohida harakatlarni embrion 6-8-haftalikda boshlaydi. 16-haftalikka kelib, homila harakatlari koordinatsiyalashgan bo‘lib qoladi va uning harakatlarini ona his qila boshlaydi. Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi farzandlarini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan onalarda homilaning qimirlashi 10-12-haftalik muddatda ham seziladi. Birinchi marotaba homilador bo‘lgan ayollar esa homila qimirlashini 19-20-haftalikda his qiladilar. Turli ma’lumotlarga ko‘ra 20-haftalikdan boshlab homila sutkasiga 200 marta harakatlanadi. 28-32-haftalik muddatlarda ushbu harakatlar soni 600 martaga etadi, chunki bachadon va homila atrofidagi suv ko‘lami tug‘ilajak bolaga bemalol harakatlanish imkoniyatini beradi. Keynchalik homilaning harakati asta-sekin pasayib boradi, chunki homila o‘sishi bilan bachadonda bemalol harakatlanish fazosi qisqaradi. Qo‘l-oyoq va bosh harakatlari bilan bir qatorda homila turli xildagi nafas olish harakatlarini ham amalga oshiradi. Homilaning harakat faolligi uning yaxshi rivojlanayotganligidan dalolat beradi, shuning uchun homilaning qimirlash sonini hisobga olib borish tug‘ilajak bola holatini o‘rganishning ishonchli usullaridan biridir. D.Pirsonning homila qimirlashini hisobga olish testi so‘nggi yillarda perinatal psixologiyada keng qo‘llanilmoqda. Unga ko‘ra maxsus kartada homiladorlikning 28-haftasidan boshlab ayol homila qimirlashi sonini hisobga olib boradi. Qimirlashlar soni ertalab sota 9 dan boshlab hisobga olinadi. Bunda har bir 10-qimirlash maxsus kartaga belgilab boriladi. Belgilanishicha, 12 soat mobaynida homilaning 10 martadan kam qimirlashi uning uchun xavfli hisoblanadi va shifokorga zudlik bilan murojaat qilishni talab etadi. Zaif qimirlashlar ham homila holatining noxush ekanligini bildiradi.8
Asab boshqaruvi rivojlanishda muhim o‘rin egallaydi, biroq gumoral boshqaruv ham ulkan ahamiyat kasb etadi. “Gumoral boshqaruv” termini (grekcha «gumor» - suyuqlik) organizmning suyuqlik muhitida turli moddalar eritmalarining u yoki bu ta’sirini nazarda tutadi. Ana shu munosabat bilan murtaklik davrida ichki va aralash sekretsiya organlarining shakllanishi hamda rivojlanishi nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Bunday bezlar endokrin tizim organlari deb ataladi. Ular funksional jihatdan bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq: bir endokrin bez gormonlari boshqa bir endokrin bezi gormonlari sekretsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar esa xujayra va to‘qimalar orasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiradi. Organizmda endokrin tizim barcha organlari hujayralari bilan nozik mutanosiblashgan muvozanat mavjud. Qalqonsimon bez homilada erta shakllanib, uning uzunligi 10-13 mmni tashkil etadi. Uning faoliyati homila 3-4 oylik bo‘lgandayoq bilinadi, bu davrda uning hujayralarida yod moddasi to‘planadi. Homila uch haftaligida uning bosh miyasida gipofizni ham topish mumkin. Qandli diabetga chalingan ayol homiladorlik davrida o‘zini shunday yaxshi his qiladiki, insulinning sutkalik me’yorini pasaytiradi yoki in’eksiyalarni to‘xtatadi, chunki homilaning oshqozon osti bezi nafaqat o‘zi, balki onasi organizmi uchun ham etarlicha insulin ishlab chiqaradi. 4,5 oylikdan boshlaboq, jinsiy bezlar homilaga katta ta’sir ko‘rsatuvchi gormonlarni ishlab chiqa boshlaydi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin