Umumiy psixologiya



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə24/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Umumiy psixologiya

Appersepsiya
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, odamning tajribasi, bilimi, xayol va tafakkurining faoliyati, hissiyot va diqqati, umuman odam psixikasining hamma mazmuni idrokida namoyon bo‘ladi. Bu psixik hayotning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko‘rsatuvchi mazmunini
appersepsiya deb ataladi. Appersepsiyalarning nerv-fiziologik mexanizmi, aftidan, o‘tmishdagi tajribadan hosil bo‘lgan bog‘lanishlar sistemasidan va ularning yangi hosil bo‘layotgan muvaqqat bog‘lanishlarga ta’sir ko‘rsatishidan iborat bo‘lsa kerak. Nerv bog‘lanishlarning tarkib topgan sistemasi (ya’ni dinamik stereotip) bironta bo‘shroq, hattoki bironta o‘xshash qo‘zg‘ovchining ta’siri bilan ham qo‘zg‘almog‘i mumkin. Bunda qo‘zg‘algan stereotipdan hosil
bo‘lgan natija, shu stereotipni vujudga keltirgan jami qo‘zg‘ovchilar ta’sir ko‘rsatgandagi natijasidan sira qolishmaydi.
Ayni bir narsa yoki hodisani ayrim kishilarning idrok etishida ko‘rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo‘ladi. Bu xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga bog‘liq xususiyatlardir. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida ko‘rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab, har xil idrok qiladilar. Odamning aqli qanchalik yetuk, muayyan sohaga oid tasavvuri, fikri, tajribasi, bilimi qanchalik boy bo‘lsa, uning shu sohada idroki ham
shunchalik murakkab, chuqur va sermazmun bo‘ladi. Bu xususiyatlar moddiy buyumlarni idrok qilishdayoq namoyon bo‘ladi. Masalan, bironta yangi mashinani tegishli ixtisosi bo‘lmagan kishi tomonidan idrok qilinishi, ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda, mazmunan torroq va
yuzaki bo‘ladi. Ayni bir obyektlarni tegishli ixtisosi bo‘lmagan kishining kuzatishlariga qaraganda, olimning chuqur ilmiy kuzatishlari hiyla farq qiladi. Ayni bir mevali bog‘ni rassom, agronom va savdo xodimi har xil, ya’ni har qaysisi o‘z nuqtayi nazaridan e’tibor berib idrok qilishi mumkin.Alifbe va boshlang‘ich o‘qish kitoblari yirik harflar bilan bosiladi,
chunki endi savod chiqarayotgan kishilarda (bola va katta yoshlilarda) hali kitob o‘qish tajribasi bo‘lmaydi. Ko‘p o‘qigan, bu sohada kata tajribaga ega bo‘lgan kishilar mayda harf bilan bosilgan xatni ham (masalan, gazetani) jo‘ngina o‘qib ketaveradilar. Bizda hosil bo‘lgan
tajriba va bilim tufayli, biz chala yozilgan so‘zlarni, tushib qolgan harflarni payqamasdan, xato yozilgan bo‘lsa ham, baribir, to‘g‘ri o‘qiyveramiz. Masalan, taxistoskop bilan qilingan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, «avtombrus» deb xato terilgan so‘z «avtobus» yoki «avtomobil» deb,
«sinoatlantirish» deb terilgan so‘z «sanoatlashtirish» deb o‘qiyverar ekan va hokazo.
Idrokka subyektiv mazmun berish og‘zaki materialni idrok etishda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Masalan, «ildiz» degan so‘zni botanik o‘simlik ildizi, matematik kvadrat yoki kub ildizi, tish doktori tish ildizi degan ma’noda idrok qilishlari mumkin. «Reaksiya» degan so‘zni tarixchi bir
Ikkilangan tasvir. ma’noda tushunsa, ximik yoki psixolog boshqa ma’noda tushunishi mumkin.
Appersepsiya badiiy asarlar matnini, badiiy surat va rasmlarni idrok etishda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Biz bironta suratga ko‘z solganimizda to‘g‘ridan to‘g‘ri faqat bo‘yoq rang va chiziqlarning har xil chatishuvini ko‘ramiz, xolos. Bu persepsiyadir. Rasm va suratni idrok
qilganimizda esa, masalan, istiqbolni, odam va hayvonlarning ish-harakatlarini biz o‘tmishdagi tajribamiz, bilimlarimiz va xayolimiz faoliyati natijasida idrok qilamiz. Bu appersepsiyadir. Musiqani idrok qilishda ham xuddi shu hol yuz beradi. Ayni bir narsa yoki hodisani ayni bir kishi turli vaziyatda turlicha idrok qilavermog‘i mumkin, bu hol har gal o‘sha kishining kayfiyati, hissiyoti, diqqati, manfaati, maqsadi va hokazolarga qarab ro‘y beradi.
Bironta murakkabroq vaziyatni idrok qilayotganimizda e’tiborimiz va manfaatimizning talabiga qarab, biz shu vaziyat tarkibiga kirgan yakka bir narsani yoki uning qismini ajrata olamiz. Masalan, o‘rmonda biz uchun zarur bo‘lgan bironta daraxtni hamma boshqa daraxtlardan ayrim
idrok qilamiz. Musiqani eshitganimizda garmoniya ohanglaridan biz uchun tanish bo‘lgan bir kuyni ajratamiz.23-rasmga qarasak, qora fon ustida vaza suratini yoki oq fon ustida
ikki yuzning yonidan ko‘rinishini (profillarni) ko‘rishimiz (idrok qilishimiz) mumkin. Bu holda idrokning ikkilanishi diqqatimiz nimaga (rasmning qaysi bir tomoniga) qaratilganligi bilan belgilanadi.Idrok jarayonida ba’zan uchrab keladigan subyektivizm ham appersepsiya
natijasidir. Bu subyektivizm, masalan, vaqtni, harakatni idrok qilishda, qizg‘in munozaralar borayotgan paytda bir kishining gapini idrok qilishda ko‘proq uchraydi. Appersepsiya fazo, vaqt hamda harakatni idrok qilishda katta rol o‘ynaydi.Illuziyalar esa hiyla darajada appersepsiya natijasidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin