3.Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat. Diqqat uch turli bo`ladi: ixtiyorsiz diqqat,
ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan diqqat.
Ixtiyorsiz diqqatmaqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat marokliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, xodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.
Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida keraqli ob’ektga yunaltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni karatish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga karatamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qilar ekanmiz, diqqatimizni xatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin biz shugullanishni lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jixatdan farq qiladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan. Odamda ixtiyoriy diqqat mexnat jarayonida yuzaga keladi. CHunki mexnat maqsadga muvofiq fasliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. Ijtimoiy xayot extiyojlari odamda o`z diqqatini mexnat faoliyati uchun muxim ahamiyatga ega bo`lmagan narsalarga qaratmaslik va mexnat jarayoni bilan bog`liq narsa ustida to`plash ruxida tarbiyalaydi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat kabi odamning qiziqishlari bilan mustaxkam bog`liqdir. Lekin, agar ixtiyorsiz diqqatda qiziqishlar bevosita bo`lsalar, ixtiyoriy diqqatda bavosita xarakterga ega bo`ladi. Faoliyatning o`zi bizni qiziqtirmasligi mumkin, ammo faoliyatni bajarishda yuklangan vazifani xal qilish uchun zarur bo`lgani tufayli ana shu maqsad nuktai nazaridan faoliyat biz uchun qiziqarli bo`lib qoladi.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning ana bir to`rini qayd qilib o`tish lozim, bu diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga kartilgan bo`lib, lekin doimiy irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan, o`quvchi uy topshirigini bajarishga kirishganda dastlab bu ishga o`zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish ustiga to`playdi, irodaviy zo`r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zo`r berish pasayadi, diqqat o`z-o`zidan ish ustiga to`planadi, o`quvchi esa ishni berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda o`quvchining diqqati ixtiyoriy diqqatdan muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo’lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko’zlangan maqsadlar bilan bog’liq bo’ladi va ongli qiziqishlar qo’llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o’xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo’r berish deyarli bo’lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.