6. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Tafakkur muarnmosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plaiigan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina blz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan y aratilmaydi.
Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotai logika, mantiq deb ataydi.
K.L.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotaing boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas.
Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishnmg boshlanishidir, Informasion undovchi tafakkuming tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur".
Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi.
Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida (X.Kyulpe (1S62-191S), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib boriigan eksperimental tadqiqotlar tafakkur jarayoni rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi.
Vyursburg psixoiogiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo'1 bilan isbotiashga harakat qiidilar. Olib borilgan tadqiqotlami o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob'ektiv bo’lishiga katta e`tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oidiga fikr yuritish faoliyatining u yokl bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishiai kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi ziddiyatlami bartaraf qilish vazifasini qo’ydi.
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida eksprementai metodlar bilan tadqiq qilgan.
Intellektuai operasiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan tariflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi.
Uning, ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga X.Eraifels (1859-1932), V.KeIer (1887-1967), KKofka (1886-1941) va boshqalar kiradi.
Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementiami birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir, Geshtaltchilaming akslomatik xarakterga ega bo’igan ushbu tezisiari mazkur talimot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi.
Gestaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlaming bosh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki gesfataltchllaming yaxiit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsbiologiyada tafakkur muamtnosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlamitig muhim elenientlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elernentlariga, geshtak ichiga kirib, geshtalkla qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim eleinentlaridan namoyon bo’luvchl geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta'sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatnlng qismlari yangi geshtaltda yangl munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlami yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladiiar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari" to’g’risidagi tushiinchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktii holatlami tahlil qilishni nazarda tutadiiar,
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi o’tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikaiik psixologiar Dj.Uotson (1878-1958) va Torndayk (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik tnaktablarga ajralib ketgan. Lekin uiarning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umurniy fomiula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson tafakkuming ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqot birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataiadi. Bu she'rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami biian yechish.
Dj.Uotson uchun malaka-u individual egallagan va o’rganiigan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, cbunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi.
Dj.Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga oimagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira etibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tatakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaragan.