Umumiy psixologiya



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə47/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#125994
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Umumiy psixologiya

Stereotiplashtirish - xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma'lum va mashhur deb sanalgan, ya'ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini (ba'zan hech qanaqa asossiz) izohlashdan iboratdir.
Bu o`rinda kishining shakllangan va andoza (shtamp) sifatida qo`llaniladigan timsoli qolip tarzida xizmat qiladi. Stereotiplashtirish shaxslararo idrok sub'ektining kitoblardan, kinofilmlardan va boshqa manbalardan olingan ma'lumotlar, tanishlarning aytganlaridan eslab qolingan fikrlar ham qo`shilgan tarzdagi shaxsiy tajribasini umumlashtirish natijasi sifatida tarkib topishi mumkin.
Buning ustiga bu bilimlar faqat shubhali bo`libgina qolmay, balki umuman noto`g`ri bo`lishi, to`g`ri xulosalar bilan bir qatorda haddan ziyod noto`g`ri xulosalar qilinishi ham mumkin. Shu bilan birga ana shu negizda tarkib topgan shaxslararo idrok etish qoliplari nuqul boshqa odamlarni tushunib etishning go`yo ishonchli namunalari sifatida qo`llanib keladi.
Jumladan, A. A. Bodalev tomonidan o`tkazilgan so`rov kishining tashqi ko`rinishi bilan uning xarakteriga xos belgilari bir xilligi haqidagi juda ham noto`g`ri stereotip tasavvurlarnnng keng tarqalganligini ko`rsatdi.
So`ralgan 72 kishidan 9 tasi iyagi kvadrat shaklidagi odamlarning irodasi kuchli bo`ladi, deb aytgan, 17 kishi keng peshanali odam aqlli bo`ladi, deb ta'kidlagan. Uchtasi dag`al sochli odamlarni tabiatan bo`yin egmaydigan bo`lishadi, deb taxmin qilgan. Beshtasi bo`yi o`rta bo`ylikdan past odamlar hamisha hukmini o`tkazishga urinishi bilan, serg`ayratligi bilan, hammaga buyruq qilish istagi bilan ajralib turadi, deyishgan. Beshta odam chiroyli kishilar yo ahmoq, yo o`ziga bino qo`ygan bo`lishadi, degan fikrdadir. Ikkitasi esa agar odamning lablari yupqa va bo`zargan bo`lsa, u munofiq va ichi qora bo`ladi, deb ta'kidlashdi.
O`z-o`zidan ravshanki, ana shu barcha qoliplar shaxslararo idrok jarayoniga kiritilgan holda odamlarni noto`g`ri tarzda bilishga va ular bilan muomala jarayonining jiddiy buzilishiga olib keldi.
Amerikalik irqchilar tomonidan negrlarning shahvoniy jihatdan tajovuzkor, makkor, karomat qilib bo`lmaydigan va hokazo fe'li-atvorga ega deb an'anaviy tarzda talqin etilishi sababiy belgilar (kauzal atributsiya)ning mexanizmi sifatida bir xil qolipga solish bilan bog`liqdir. Mazkur holatda stereotiplashtirish oldindan paydo bo`ladigan fikr tarzida ro`y beradi: etnik jihatdan bu xilda oldindan paydo bo`ladigan fikrlar keng tarqalgan va bevosita burjua jamiyatiga xos narsa hisoblanadi.
Kauzal atributsiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o`rganilgan turli xildagi shart-sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Masalan, notanish kishini idrok etish chog`ida, jumladan, idrok sub'ekti zga bo`lgan ilk axborot katta rol o`ynaydi.
A. A. Bodalev o`tkazgan tajribalarida ikki guruhdagi studentlarga bitta odamning fotosurati ko`rsatilgan. Birinchi holda tajriba o`tkazuvchi uni taniqli olim sifatida, ikkinchi holda esa jinoyatchi sifatida ta'riflagan. Uni tashqi qiyofasiga qarab ta'riflash tavsiya qilingan. Sinab ko`rilayotganlarning birinchi guruhi («taniqli olim» axboroti varianti) suratda tasvirlangan kishini jonini fido qilib ishlaydigan, mehribon, sezgir, aqlli odam deb ta'riflaydi.
Ikkinchi guruhdagilar («jinoyatchi» varianti) ko`z oldilarida berahm, hech narsadan tap tortmaydigan va makkor kishining portreti turibdi, deb ta'kidlashdi. Portretdagi yolg`izgina bir detalning - ko`zning o`zi bir holda mehribon va dono deb izohlansa, boshqa bir holda yovuz va rahm-shafqatsiz deb izohlandi. Ehtimol, olingan axborot idrok etish jarayonini kishi qiyofasiga beriladigan bahoni olim yoki jinoyatchi obrazi qoliplariga moslagan holda qat'iy yo`naltirib qo`ygan bo`lishi kerak.
O`quvchilarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatni yuzaga keltiradigan qoliplar pedagogik munosabatda o`qituvchining sub'ektivizmiga aylanib qoladi.
Amerikalik psixologlar quyidagicha tajriba o`tkazib ko`rgan edilar. Tajribali ekspert o`qituvchilardan katta bir guruhiga (ular 400 kishi edi) studentlarning kseroda nusxalangan shaxsiy delolari (anketalari, tarjimai hollari, fotosuratlari, yozma ishlaridan namunalar va boshqalar) tarqatildi. Har bir ekspert studentning shaxsiy delosini o`rgangach, studentni muayyan sxema bo`yicha har tomonlama ta'riflashi lozim edi. Barcha studentlarga xarakteristika olingandan keyin tekshirish materialini ikkita guruhga ajratish mumkinligi ayon bo`ldi.
Bir guruh ekspertlar umuman ijobiy baholanishi lozim bo`lgan studentlarga, boshqa bir guruhi salbiy baholanishi lozim bo`lgan studentlarga ta'rif berishdi. Shunisi ham borki, ayrim ekspertlar bir xil toifaga, ya'ni yo faqat ijobiy, yo salbiy deb ajratish mumkin bo`lmagan javob berishdi.
Tajribadan kutilgan g`oya nimadan iborat edi? Haqiqatda 400 ekspertning barchasi kseroda nusxalangan bir xildagi shaxsiy delolarni olishgan edi. Farq qiladigan tomoni shunda ediki, shaxsiy delolardan 200 tasida yoqimtoygina, jiddiy va o`ychan yigitchaning fotosurati, qolgan 200 tasida esa xuddi shu yoshdagi oliftaroq, biroz yoqimsizroq yigitchaning fotosurati ilova qilingan edi. Birinchi xil fotosuratlar ijobiy ta'riflashga turtki bergan bo`lsa, ikkinchi xili salbiy ta'riflashga sabab bo`lgan, Shunday qilib, ekspertlar ko`plab ob'ektiv ma'lumotlarga ega bo`lsalar ham, fotosurat «o`z ishini ko`rsatdi»..
Hech kim ekspertlardan studentning tashqi ko`rinishiga baho berishni so`ramagan edi, lekin, ma'lum bo`ldiki, aynan ana shu tashqi ko`rinish ahamiyatliroq bo`lib chiqdi va ekspertizaning natijalarida farqlarni keltirib chiqardi.
Afsuski, pedagogik ishda baholashning sub'ektivliligi ko`pincha kishining tashqi ko`rinishiga beriladigan baho bilan bog`liqdir.
Pedagogning idrok etish ob'ekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti yanglash fikr va sub'ektivizmning tarkib topishi uchun jiddiy asos hisoblanadi.
60-yillarning oxirida amerikalik psixologlar Rozental va Djekobson yanglish fikr tarkib topishining yuqorida ko`rsatilgan omili qanday rol o`ynashini aniqlashga qaratilgan psixologik tajriba o`tkazishgan edi.
Ma'lumki, g`arbda bir qator o`quv yurtlarida tekstga (o`lchovga) ko`ra o`rganish qo`llanilib kelmoqda, ya'ni aqliy iste'dod darajasini maxsus testlar (IQ iste'dod koeffitsienti) yordamida aniqlashga urinib ko`rilmoqda. Mazkur test o`qishga kiruvchilarning keyinchalik turli o`quv gruppalariga ajratib yuborilgan ikkita kontingentida o`tkazildi. O`tkazilayotgan testning natijalari haqida studentlarning o`zlari xabardor qilinmagan edi, lekin tajriba o`tkazayotganlar o`qituvchilarni bundan xabardor qilib, misol uchun ularga Smitning iste'dodlilign koeffitsienti juda past, Djonsniki esa yuqori ekanligini aytib turishdi.
Har bir gruppada testga ko`ra baholangan studentlardan 2-3 ta bor edi. Ayni paytda o`qituvchilar tajriba o`tkazuvchilardan jo`rttaga soxta ma'lumotlarni olishdi, negaki, testga ko`ra baholanayotganlar aqliy iste'dodi koeffitsienti yuksak yoki past deb tasodifan (ro`yxatda birinchi turgani «iste'dodli» deb, ikkinchisi — «layoqatsiz» deb, uchinchisi —«iste'dodsiz», to`rtinchisi —«layoqatsiz» va hokazo tarzida) aytilgan edi. Biroz vaqt o`tgandan keyin tajriba o`tkazuvchilar testga ko`ra baholangan shaxslarning o`qishda erishgan yutuqlari bilan tanishishdi. Go`yo yuksak koeffitsientiga ega bo`lgan studentlar asosan yaxshi o`qishardi, ulardan o`qituvchilari ham mamnun edi va ular to`g`risida yaxshi fikrlar bildirishdi.
Kimki IQ koeffitsienti pastga «kiritilgan» bo`lsa, ular o`ta nochor ahvolda edi — ayrimlari o`qishni tashlab ketgan, boshqalari juda kiynalib o`qishardi. Garchi bu o`rinda istisnolar bo`lsa ham, lekin allaqanday qonuniyat mavjudligi sezilib turardi. Kishilar taqdiri uchun alamsiz bo`lmagan bu tajribaning natijalari nimalardan dalolat beradi?
O`qituvchilar qarshisida iste'dodli kishi o`tirganini «bilgan holda» bu kishi iste'dod sohibi sifatida o`zini namoyon qilishi uchun mumkin bo`lgan barcha imkoniyatni ishga solishdi va boshqasining «iste'dodsiz» ekanligini «bilgan holda» unisi bilan «ovora» bo`lishni istashmadi, unga 3iltifot qilishmadi va bu uning ahvoliga hamda o`qishiga ta'sir etmasdan qolmadi. Pedagoglarda oldindan olingan axborotga binoan studentga ma'lum bir nuqtai nazardan qarashga tayyorlik shakllandi va ular bu fikrni tasdiqlash uchun barcha ishlarni qilishdi.
Shu munosabat bilan bir savol tug`iladi: o`quvchining yaxshi o`qimasligini unga atayin o`zlashtirmovchi sifatida, yo ozoda kiyinmagan, yo gapga quloq solmaydigan deb munosabatda bo`lish evaziga ba'zan pedagoglarning o`zlari keltirib chiqarishmaydimi? g`arazgo`ylik yuz beradi, sub'ektivizm namoyon bo`ladi, keyinchalik esa bunday pozitsiyaning to`g`riligini isbotlash uchun muayyan ishlar qilinadi.
Idrok etish sub'ekti ijobiy munosabatda bo`lgan shaxslarga ijobiy, xush ko`rmaydigan shaxslarga salbiy nisbat berilishi kauzal atributsiyaga xos tipik hollardan biri hisoblanadi. Masalan, tajriba sharoitlarida pedagoglar o`zlariga notanish bolalarga o`quv topshiriqlarini bajarganliklari uchun qo`ygan baholar qayd etib borildi.
Bolalarning qaysi birlari ularga ancha yoqimli, qaysi birlari kamroq yoqqanday bo`lganligi oldindan aniqlab qo`yildi. «yoqimli» bolalar (tajriba o`tkazuvchi bilan kelishilganiga ko`ra) «yoqimsizroq»lariga qaraganda hatto ko`proq xatoga yo`l qo`yganlarida ham birinchilari yuqoriroq baholangani va ularga ijobiy fazilatlar xosligi qayd qilingani, ayni chog`da «yoqimsizroqlariga» salbiy xislatlar berilgani ma'lum bo`ldi. Tajribada aniqlangan bunday bog`liqlik oreol effekti (samarasi) nomi bilan yuritiladi.
Oreol effektining mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot sub'ektning idrok etish chog`ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo`ladi: shu bilan birga umumiy nomaqbul taassurot tegishlicha salbiy baholarga olib keladi. Orel effekti ko`pincha idrok ob'ekti idrok etilayotgan narsa haqida juda kam axborotga ega bo`lgan paytda namoyon bo`ladi. Lekin bu effekt tanish kishini idrok etish chog`ida ham, lekin unga nisbatan yorqin namoyon bo`ladigan hissiy munosabat bildirilgan sharoitlarda yuz beradi. Shunday qilib, ayrim o`qituvchilar tomonidan sinfda pedagogika nuqtai nazaridan nomaqbul hisoblangan «erkatoylar»ning bo`lishiga yo`l qo`yilishi o`quvchilarning baholarini ko`ra-bila turib sub'ektiv tarzda soxtalashtirishga va ularning shaxsiyatiga oid fazilatlarning noto`g`ri idrok etilishiga olib keladi.
Shaxslararo idrokning ijtimoiy qimmatga molik birgalikdagi faoliyat jarayoniga qo`shib yuborilishi uning xarakterini o`zgartiradi, uni kauzal atributsiyaga aynan o`xshash qilib qo`yadi, oreol effektining salbiy ta'sirini bartaraf etadi. Haqiqiy kollektivda kishining kishi tomonidan tushunib etilishi aynan ana shunday xarakterda bo`ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin