Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mexnatsevar yoki dangasa, rostg`o`y yoki munofiq, botir yoki qo`rqoq, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi. Xar bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muxit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o`z-o`zini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustaxkam bog`liqdir. SHu sababli kishining irodasi, aql-idroki va xis-tuygularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham tegishlidir.
Xarakterning usishida ijtimoiy muxitning roli. Kishiningbutun xayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muxit, avvalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko`rsatadi.
Xarakterning o`sishida tarbiyaning roli. Xarakterning usishida tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash asosiy va etakchi rol o`ynaydi. O`sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o`qituvchilar, bolalar bog`chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterning o`sishida jamoaning roli. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nixoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan xolda tanxo yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi, oilada, maktabda, o`exda, bog`chada xayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi bog`lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o`yin, o`qish va mexnati xuddi mana shu jamoada voqe bo`ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muxiti bo`lib kolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog`i mumkin.
O`z xarakterini o`zi tarbiyalash. Kishi xarakteri o`z – o`zini tarbiyalashning ham maxsulidir. SHu sababli xar bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o`z xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. SHu bilan bir vaqtda kishi o`z xarakterida salbiy tomonlarni o`zi tan olishi, kamchiliklarni o`zi tarbiyalashi lozim. O`z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni, yaxshi idealini o`zida tarbiyalashi kerak.