Umumiy psixologiya


Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə32/47
tarix11.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#131803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Umumiy psixologiya

5.3. Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli 
A.Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar.
Insonning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini
hamda shakllanish jarayoniga yo’naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish
muammosini psixologik jishatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi
tashliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma'qul.Shaxsning motivlari oqimi
muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatni tekshirish
demakdir. Chunki to Hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning
ko’pgina qismlari o’z yechimini topa olmagan. G’arb mamlakatlari hamda AqSh
psixologlari orasida "biologik eshtiyojlar asosida inson motivlari yotadi", degan
qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanib kelinmoqda. Chunonchi, AqSh
psixologi B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga kelgan eshtiyojlar
qo’zg’atuvchining asosiy manbai shisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza
yuritgan Danlep esa "qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi", degan
fikrga qat'iy ishonadi. Gilfordning ta'kidlashicha, faollikning birlamchi manbai
ovqatdan" iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi.
Bu vaziyatni basholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning
biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin almashishning sodir bo’lishini
mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik hartlangan reja
faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari assimilyasiya va dissimilyasiya
sifatida namoyon bo’ladi. Sholbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy
asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik
faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.
B. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning
motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat'iy
ierarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi. Bola shaxsiga aloqador


motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi, o’zaro bir-biri bilan


tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o’zaro o’rin
almashish
jarayonida
yagona
anglashish
darajasidagi
nazorat
tizimiga
bo’ysunmaydi.
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif
beradi: "Bevosita bolaga ta'sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk
bolalik davrida uning o’sishida shukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar
shali mustashkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi
shukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib
motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq.
Muallif vaziyatning stixiyali ta'siri shaqida mulohaza yuritib, u bolalik
beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko’rsatib turishini ta'kidlaydi.
Nazariy va amaliy malumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning
xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat
xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish
pallasidagi motivining dinamik asosi - xatti-harakati qo’zg’alishini muvaqqat, tor
mushitidan tashkil topadi. Chunki bola shali motivlashgan ustanovkalarni uzoq
vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi
qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi.
Eshtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg’ish jarayonida
qo’zg’alish berilgan
vaqt
doirasidan
chetlashadi.
Psixologik doiradagi
boshqarishning o’ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil etishni ta'minlovchi
motivlar - inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi.
Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir
amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat mushitini siqib chiqarishi mumkin. Bola
biron-bir ob'ektga yo’naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni yuksak funksional-
energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga
ega emas.
Inson faoliyatining samaradorligi (mashsuldorligi)ni oshirish shaqidagi
psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan
dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tashlil
qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi
hamda ularning har birini aloshida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi
mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina
motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning
fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo’ysundirilishi kichik
maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy
xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin