4. Shaxs irodasini o’rganish testi
Ijtimoiy-ruhiy eshtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil
inson qilib kamol toptirish uchun ularni o’zini o’zi uddalashga o’rgatishdan ish
boshlamoq zarur. Shaxsning o’z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xoshish
irodasiga bo’ysundirish, ro’yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi,
ko’zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin shozirlaydi, har xil
xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga
chorlaydi. Buning natijasida mustashkam irodali, prinsipal, qat'iyatli, uzoqni
ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi shaqiqiy
milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy shayotida, ta'lim-tarbiya jarayonida
shakllantiradi.
Insonga tug’ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axloqiy
imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma'naviyatli, farosatli,
ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo’lmaydi. Xuddi shu boisdan,
insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig’ida o’zini o’zi
boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat'iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda iroda inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda
boshqarish sifatida basholanadi, maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakat va xulq-
atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o’tish tariqasida
ta'riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat
faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo’ladi.
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo
zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni- uning ijtimoiy xislatlarida o’z
ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko’rsatma (attityud), e'tiqodlar, ma'naviy
shis-tuyg’ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining
shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi
va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi.
Shaxs uchun qiyin haroitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati
irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq
maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga
yo’naltiriladi.
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining
motivasiya doirasi bajaradi va u eshtiyojlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va ma'naviy shis-
tuyg’ularda o’z aksini topadi. Shaxslarning shayoti va faoliyatida, shuningdek,
ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela
boshlaydi, ular inson ijtimoiy hartlangan yo’nalganligi va shayotiy pozisiyasini
qat'iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat shollarda inson shaxsining ijtimoiy hartlangan xususiyatlari uning
irodaviy faolligi yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning
motivasion-irodaviy xislati shisoblanmish sobitqadamlikda o’z ifodasini topadi.
Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va
maqsadini amalga oshirishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi. Aqliy
faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida,
ya'ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko’zga
tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda,
tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo’r
berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o’quv
faoliyatida shech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o’zaro
uyg’unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb
etadi. Mehnat faoliyatidagi va ta'lim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga
kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining
omilkor, oqil ichki haroitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir
talay shayotiy hart-haroitlar ta'siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy
faollik, qiziquvchanlik, motivasion, mobilizasion tayyorgarlik, qat'iyatlilik
xususiyatlari kiradi.
Mehnat va stress-emosional zo’riqishning keskin holati ko’rinishi, shakli
shisoblanib, tashqi va ichki mushitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta'sir
etish natijasida vujudga keladi. Ta'limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda
talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning
tubdan teskari tomonga yo’naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo
bo’luvchi va bartaraf qilish qiyin to’siqlarning ta'siri ostida ruhan tushkunlik,
o’zini yo’qotib qo’yish, ko’pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv
(tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi.
Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu, mehnat faoliyatidagi, ta'lim
jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga shech
qanday bog’liq bo’lmagan odam turg’un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning
irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik,
tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va
boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik,
yalqovlik, qo’rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari
tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni va mehnat ko’nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh
irodaviy sifat shisoblanib, u irodaviy boshqa ko’rinishlarning taraqqiyot darajasini
va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk
davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglashi,
jamoatchilik shissi, yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi va bularning
barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxs
o’z xoshish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir.
Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatidagi qat'iyatlilik- shaxs
tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda
shayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish uchun
kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat
maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir.
Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan
qarorni amalga oshirishga shalal beruvchi fikrni, shissiyot va xatti-harakatni
tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o’z harakati
va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish
malakasidir. Matonatlilik-qo’yilgan maqsadni muqaddas shis etgan holda o’zini
oqlaydigan xavf-xatarga qo’l urish, qo’rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish
fazilatidir.
Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan
qat'i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik-
o’z e'tiqodiga qat'iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning
yordamiga mushtojlik sezmaslik malakasidir.
Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o’quv faoliyatida, agarda ishlab
chiqarish va ta'limiy mashg’ulotlar oqilona, shaqqoniy ravishda, to’g’ri
uyushtirilsa, unchali muhim bo’lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo’lishi
mumkin, chunonchi intizomlilik, o’zini qo’lga olishlik va hokazo.
Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testdan
foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga shaxs "Sha" yoki "YO’Q"
degan javob qaytarish kerak.
1.
Shayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko’ra oldindan qilingan shisob-
kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi deb o’ylayman.
2.
Agar o’zimning sevimli mashg’ulotlarimdan ayrilsam, unda men
uchun shayotning mazmuni yo’qoladi.
3.
Men uchun har qanday ishning oqibati, natijasidan ko’ra, uning
bajarilish jarayoni muhim.
4.
Men odamlarning o’z yaqinlari bilan bo’lgan munosabatlarining
yaxshi emasligidan ko’ra, ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan ko’proq qayg’uradilar deb
shisoblayman.
5.
Mening fikrimcha, ko’pchilik odamlar yaqin kelajakka mo’ljallangan
maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan
maqsad bilan yashaydilar.
6.
Agar imkoniyat bo’lsa-da, lekin shech kim sezmasligiga ishonchim
komil bo’lsa ham nojo’ya harakat qila olmayman.
7.
Mening shayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko’ra muvaffaqiyatli
kunlar ko’p bo’lgan.
8.
Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko’ra shis-tuyg’uli,
ko’ngilchan inson ko’proq yoqadi.
9.
Shatto
oddiy
ishda
ham
men
uning
ba'zi
elementlarini
takomillashtirishga harakat qilaman.
10.
Muvaffaqiyatga erishish shaqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda
eshtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin.
11.
Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb shisoblar edi.
12.
Men o’zimning muvaffaqiyatsizliklarimga haroit emas, balki ko’proq
o’zimni aybdor deb shisoblayman.
13.
Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan.
14.
Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli.
15.
o’z maqsadlarimdan qaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim
shaqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi.
16.
Men o’zimni o’zimga ishongan odamman deb shisoblayman.
17.
Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga
bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.
18.
Men tirishqoq odam emasman.
19.
Hamma ishlar tekis (me'yorida) ketayotgan bo’lsa, unda mening
g’ayratim yanada oshadi.
20.
Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar shaqida
yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim.
21.
Mening yaqinlarim odatda shaxsiy rejalarim bilan hamfikr
bo’lmaydilar.
22.
Mendagi
shayotga
nisbatan
bo’lgan talablarimning darajasi
o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq.
23.
Men o’z maqsadlarimga erishish yo’lida qat'iyman.
Test kaliti. "Sha"-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. "YO’Q"- 3, 4, 5, 10,
11, 12, 13, 14, 16, 18, 21.
Natijalarning miqdoriy tashlili. Ballar yig’indisi 0-9 dan past bo’lganda-
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yaqqol ko’rinmaydi. 10-13
ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin shayotda faoliyatingizni tashkil
qilishda har doim ham muvaffaqiyatga eshtiyoj sezavermaysiz.
14-23 ballgacha: Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yuqori
darajada, har doim muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat'iysiz u yoki bu darajada
murakkab, lekin bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz. 0-9 past, 10-13
o’rtacha, 14-23 yuqori.
|