Umumiy psixologiya


 Psixologiya va uning moddiy asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/47
tarix11.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#131803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Umumiy psixologiya

4. Psixologiya va uning moddiy asoslari 
Psixikaninng moddiy asoslari to’g’risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u
miyaning xususiyati ekanligini ta'kid etish joiz. Bilish jarayonlari to’g’risida gap
ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan
materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning
psixik faoliyati tananing ko’p miqdordagi a'zolarining yordami bilan ishga tushadi.
A'zolarning ba'zi birlari ta'sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga
aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini
nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch- quvvat,
g’ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni
harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funktsiyaning yig’indisi (majmuasi)
organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy
vazifalar ijro etilishini, bajarilishini ta'minlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o’n million
yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning
fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning
oqibatida organizm muhitning o’zgarishlariga tez reaktsiya qiluvchan,
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan. Jumladan, bir hujayrali amyobaning
hayot kechirishi uning ozuqa qidirish imkoniyati, o’z hayotini muhofaza qilish
qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yolg’iz hujayraning o’zi ham
sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi.
Murakkab tuzilishga ega bo’lgan hayvonlarda a'zolarning ixtisoslashuvi ozuqani
ko’rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo’ljal olish imkoniyatini
beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funktsiyasi signallarni idrok qilishdan iborat
xujayralarning vujudga kelishida o’z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor
deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari
mushak to’qimalari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday
hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv a'zolarni hamda funktsiyalarni bir-
biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa sifatida
harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv xujayralari (neyronlar) hisoblanib,
ularning funktsiyasi qo’zg’atishdir. Neyron xujayra tanachasidan, dendritdan,
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan
iborat. Hozirgi zamon fanining ko’rsatishicha, orqa miya va miya naychasi
reflektor faoliyatining tug’ma (hartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga


oshiradi, katta yarim harlarning qobig’i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami


bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanalanadi.Miya katta yarim
harlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan.
Hozirgi zamon fiziologiyasi ma'lumotiga qaraganda, miyada hosil
bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshab
ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko’rinishdagi kuchaytirgich yordamida
yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi muhim
ahamiyatga ega. Chunki, kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy
nerv sistemasida yuz beradigan o’zgarishlar ko’satkichi bo’lib xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim harlar qobig’i sirtining peshona qismlari
alohida rol o’ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va o’ng yarim harlar
o’rtasida taqsimlanishi chuqur o’rganilgan. Ma'lumki, psixikaning mazmuni tirik
mavjudod o’zaro munosabatda bo’ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning
uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki
odamlar tomonidan ularning ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan
hodisalar olami hamdir. Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o’zaro
munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o’ziga
xos xususiyatlari nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan
farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur o’ziga xoslik
mavjud bo’lmaganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq
etilishi ham mumkin emasdi. Psixik jarayonlar o’zida ichki, fiziologik
jarayonlarning emas, balki tashqi ob'ektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin