Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi:
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
PRAGA FUNKSIONAL LINGVISTIKA MAKTABI
Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda Chexoslavakiyadagi
Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim
sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan
“Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning
30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va
1953 yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari
jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda.
Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vil’yam Matezius (1882-1945),
Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi,
slavyanist va fonologNikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u
tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab
namoyondalari
tilning
morfologik
tuzilishi,
sintagmalar,
lingvistik
nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari
surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual
qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi.
Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy
elementlar grammatik ob’ekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb
bo‘linishda so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual
bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat
qiladi. Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: |