3-MA’RUZA
TIL SISTEMA VA STRUKTURA SIFATIDA. TIL SISTEMASINING
IERARXIK TUZILIShI. TIL SATHLARI O‘RTASIDAGI IZOMORFLIK
Reja:
1. Til - belgilar sistemasi sifatida.
2. Semiotika va lingvosemiotika.
3. Til sistemasining ierarxik tuzilishi.
4. Til va nutq birliklari, ular o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va ierarxik
munosabatlar.
5. Til sathlari o‘rtasidagi izomorflik.
Asosiy tushunchalar
Strukturalizm, sistema, struktura, ierarxiya, semiotika, lingvosemiotika,
paralingvistika, metalingvistika, ifoda va mazmun, til sathlari, paradigmatika,
sintagmatika, izomorfizm, invariant, variant, allofon, allomorf, alloleks, til
birliklari va nutq birliklari.
TIL - BELGILAR SISTEMASI SIFATIDA
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki
guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa
butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar
dunyosining o‘zaro va ayni paytda bilan insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning
bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.
Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki
tuzilishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat
bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema
qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar
o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya’ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik
hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri
o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi.
Sistema strukturaga nisbatan murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, u bir-birini
taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan
tashkil topadi. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo‘lak munosabatlaridan
iborat bo‘lib, ushbu pog‘onaviy munosabat tufayli ma’lum turlarga nisbatan jins,
bo‘laklarga nisbatan butun bo‘lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo‘lak
yoki tur bo‘lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi,
razmarin, semerinka va h.z. ) ga nisbatan jins, ushbu navlar o‘z navbatida tur bo‘lib
kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o‘simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham
o‘simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz,
dekorativ daraxtlar turlariga bo‘linadi. Ushbu turlarning har biri o‘z ichida har xil
turlarga bo‘linishi ham barchaga ma’lum.
Yoki fanlar sistemasini olsak, ular ham ichki tuzilishiga ko‘ra pog‘onaviydir.
Masalan, fanlar, avvalo, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar va texnika fanlariga, ular esa
o‘z navbatida shu yo‘nalishga kiradigan fanlarga bo‘linadi. Har bir fan tuzilishiga
ko‘ra ichki bo‘linishlarga bo‘linadi, har bir bo‘linish keyingi bo‘linishlar uchun
kichik sistema vazifasini o‘taydi va bunda bo‘linuvchi sistemani, bo‘linma esa
uning a’zosi vazifasini bajaradi. Fanlar sistemasida ma’lum bir fan tarmog‘i bilan
munosabatda bo‘lmagan biror tarmoq mavjud emas. Ayni paytda bir ob’ekt bir
necha fanlarning oralig‘ida o‘rganilishi ham kuzatiladi. Demak, ayrim bir fan
boshqa tutash fanlarsiz to‘laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema
Dostları ilə paylaş: |