gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan
transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi.
Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan
kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi)
nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap
(talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni
transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil
metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash,
uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish
imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib,
hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda
qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina
tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: |