MATEMATIK LINGVISTIKA
XX asrning o‘rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik
tushunchalarni aniqlashtirish ehtiyojini matematik lingvistika yo‘nalishini yuzaga
keltirdi. Bu muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan tadqiqot usuli
bo‘lib, hozirgi kunda ushbu atama 2 xil fan sohasiga nisbatan qo‘llanmoqda:
1) matematikaning bo‘limi bo‘lgan va mantiq, algoritm nazariyasi bilan bog‘liq
matematik lingvistika;
2) lingvistika yo‘nalishi bo‘lgan va matematik usullardan foydalaniladigan
tadqiqot metodi ni o‘zida jamlagan soha ham matematik lingvistika.
Tilni matematik yo‘l bilan tasniflash Sossyurning tilga shu til egalarining
nutqiy faoliyati mexanizmi sifatida qarash ta’limoti asosida yuzaga kelgan.
Nutqiy faoliyat natijasida “to‘g‘ri matn” deb ataluvchi nutqiy birliklar
ketma-ketligi yuzaga keladi. Muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan ushbu
birliklarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o‘rganish bilan
matematik lingvistika fani shug‘ullanadi. Gapning sintaktik strukturasini
tavsiflashda 2 xil usuldan foydalaniladi: 1) sintaktik birlik sifatida amal qiladigan
ishtirokchilarni aniqlash; 2) gap tarkibidagi so‘zlarning tobelanish munosabatini
tavsiflash. Bunda metod Amerika struktur tilshunosligida “Bevosita ishtirokchilar
metodi” deb yuritilib, transformatsion grammatikaning ko‘rinishi hisoblanadi.
Matematik lingvistikaning yana bir tarmog‘i formal grammatika
nazariyasi bo‘lib, u N.Xomskiy nomi bilan bog‘liq. Formal grammatika alohida
matnlarni emas, bir qancha to‘g‘ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini
o‘rganadi. Ushbu qonuniyatlar abstrakt simvollar orqali belgilanadi, bu esa
Dostları ilə paylaş: |