XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan
tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus
lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920)
1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va
uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari,
muommolari bilan shug‘ullangan. U qadimgi rus solnomalarining yirik bilimdoni
ham edi. Qadimgi qo‘lyozmalar haqida birinchi maqolasini (18 yoshida) e’lon
qiladi. 1893 yilda u “Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar” nomli ilmiy asarini
yozadi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik
unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste’dodli yosh olimni 1894 yildayoq
akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan.
A. A. Shaxmatov semasiologiyaga grammatikaning bir bo‘limi sifatida
qarab, uni sintaksis bilan zich bog‘langan deb hisoblagan. “Rus tili sintaksisi”
nomli asarida so‘z birliklari va qo‘shma bo‘laklarning tuzilishi, ikki tartibli
(murakkab) va bir tartibli gaplarni mukammal tahlil qilgan. Gapda bitta so‘z ham
kommunikatsiya vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan gapni tashkil qilishi mumkin,
ammo faqat to‘liq gaplargina aloqa vositasini (kommunikatsiyani) atroflicha
bajara oladi. Gapning har bir tarkibiy qismi aloqa vositasining talabiga javob
berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: